Aholi geografiyasi
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar
Download 196 Kb.
|
2-amal (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.2.9. Go’daklar o’limi koeffitsiyenti
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:№ 28. Yaponiya aholisining soni, 2013-yil bo’yicha, deyarli 127 mln kishini, o’lim koeffitsiyenti esa 8 ‰ ni tashkil etsa, mamlakatda bir yilda vafot etganlar sonini aniqlang. № 29. Amerika Qo’shma Shtatlarida, 2013-yil iyul bo’yicha, aholi soni 314.7 kishi, vafot etganlar soni esa 2 832 300 kishiga teng bo’lsa, o’lim koeffitsiyentini toping. № 30. Aholisi 3 mln kishidan ortiq bo’lgan Farg’ona viloyatida 2017-yil ma’lumotiga ko’ra, 17 927 kishi vafot etgan. Agar aholisi 2,5 mln kishidan ortiq Namangan viloyatida vafot etganlar soni 13 066 kishini tashkil etsa, qaysi birida o’lim koeffitsiyenti yuqoriroq ekanligini aniqlang. II.2.9. Go’daklar o’limi koeffitsiyentiAholi guruhidagi o’lim jarayonini o’rganishda go’daklar o’limi, ya’ni bir yoshgacha (0-1 yosh) bo’lgan bolalar o’limi ham juda ahamiyatlidir. Chunki, ko’p hollarda go’daklar o’limi bir muncha ko’proq bo’lib, aholi o’limining umumiy koeffitsiyentining yuqori bo’lishiga sabab buladi. Shuning uchun ham go’daklar o’limi alohida hisoblanadi. Go’daklar o’limi har 1000 ta tirik tug’ilgan bolalarga nisbatan, shu yoshda o’lgan go’daklarning sonini bildiradi va promilleda ifodalanadi. Go’k = Gȏ (₀₋₁) · 1000 T(₀₋₁) Bu yerda, Go’k = go’daklar o’limi koeffitsiyenti; Gȏ (₀₋₁) = 1 yoshgacha o’lgan go’daklar soni; T(₀₋₁) = o’rganilayotgan davrda jami tirik tug’ilgan go’daklar soni. № 31. AQSh aholisining soni 2013-yil iyul holatiga ko’ra, 314.7 mln kishini tashkil etgani holda, mamlakatda jami tirik tug’ilgan go’daklar soni 5 035 200 taga teng. Agar mazkur o’rganilayotgan davrda 40 281 ta chaqaloq 1 yoshga yetmay o’lgan bo’lsa, go’daklar o’limi koeffitsiyentini toping. Yechish. Mazkur ko’rsatkich orqali mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatiga baho berish mumkin hamda quyidagicha hisob-kitob amalga oshiriladi: bir yoshgacha bo’lgan bolalar soni [T(0-1)] – 5 035 200 ta; bir yoshga yetmay o’lgan chaqaloqlar soni [Gô(0-1)] – 40 281 ta; formula asosida hisoblash amalga oshiriladi: Go’k = 𝐆ȏ (₀₋₁) · 1000 = 40 281 = 0,00799 ∙ 1000 = 7,99 ≈ 8 ‰ 𝐓(₀₋₁) 5 035 200 Javob: AQShda go’daklar o’limi koeffitsiyenti 8 ‰ ga teng, bu esa tug’ilgan har mingta go’dakdan 8 tasi bir yoshga yetmay vafot etishini ifodalaydi. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling