Aholi geografiyasi
Doimiy aholi sonini hisoblash
Download 196 Kb.
|
2-amal (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- P S = S + (T - O’) + (M i - M e )
Doimiy aholi sonini hisoblashDomiy aholi ijtimoiy jihatdan ma’lum hududda davlat aholi ro’yxatida turuvchi va ayni paytdagi aholi hisoblanadi hamda quyidagicha ifodalanadi: PS = S + (T - O’) + (Mi - Me) Bu yerda, PS = doimiy aholi soni; S = oxirgi ro’yxatga olish ma’lumoti bo’yicha aholi soni; T = oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri tug’ilganlar soni; O’ = oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri o’lganlar soni; Mi = oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri ko’chib kelganlar soni; Me = oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri ko’chib ketganlar soni. № 11. O’zbekiston aholisi 2017-yil 1-yanvar bo’yicha, 32 120 500 kishini tashkil etdi. Mamlakatda yil davomida tug’ilganlar soni 715 500 kishini, vafot etganlar soni esa 161 500 kishini tashkil etdi. Migratsiyada qatnashganlar 334 800 kishini tashkil etgan holda, shundan 157 100 nafari immigrant, 177 700 nafari emigrant bo’lsa, 2018-yil 1-yanvar holatida O’zbekiston doimiy aholisini toping. Yechish. Doimiy aholini hisoblashda ma’lumotlar o’zaro saralanib, quyidagi ketma-ketlik asosida amallar bajariladi: oxirgi ro’yxatga olish ma’lumoti bo’yicha aholi soni (S) – 32 120 500 kishi; oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri tug’ilganlar soni (T) – 715 500 kishi; oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri o’lganlar soni (O’) – 161 500 kishi; oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri ko’chib kelganlar soni (Mi) – 157 100 kishi; oxirgi ro’yxatga olish muddatidan beri ko’chib ketganlar soni (Me) – 177 700 kishi; formula asosida hisoblash amalga oshiriladi: PS = S + (T - O’) + (Mi - Me)PS = 32 120 500 + (715 500 – 161 500) + (157 100 – 177 700) = 32 653 900 kishi tabiiy o'sish: 715 500 – 161 500 = 554 000 kishi migratsiya saldosi: 157 100 – 177 700 = -20 600 kishi umumiy ko’payish: 554 000 + (-20 600) = 554 000 – 20 600 = 533 400 kishi yakuniy aholi soni: 32 120 500 + 533 400 = 32 653 900 kishi Javob: Demak, 2018-yil 1-yanvar bo’yicha, doimiy aholi soni 32 653 900 kishini tashkil etadi, ya’ni 2017-yil 1-yanvarga nisbatan 533 400 kishiga ko’paygan. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling