Aholi geografiyasi


Mustaqil yechish uchun topshiriqlar


Download 196 Kb.
bet4/9
Sana02.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1321188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-amal (1)

Javob: Vaqtincha aholi soni 10 965 kishini tashkil etgan.

Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:


16. O’zbekistonda doimiy aholi soni 2001-yil 24 813 100 kishini, aholini ro’yxatga olish ma’lumotlariga binoan, mavjud aholi esa 24 956 900 kishini tashkil etganligidan foydalanib, vaqtincha aholi sonini aniqlang.
17. Germaniya Federativ Respublikasida 2017-yil 1-mart ma’lumotlariga ko’ra, doimiy aholi soni 81 308 353 kishi bo’lib, mavjud jami aholi esa 82 548 200 kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi sonini toping.
18. Vatikanda mavjud aholi soni 1001 kishini, doimiy aholi esa 997 kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi sonini toping.
      1. Mavjud aholi sonini hisoblash


Mavjud aholi, umumiy holatda, biror hududdagi jami aholi sonini ifodalaydi hamda quyidagicha hisoblanadi:
MS = PS + TS
Bu yerda, MS = mavjud aholi soni;
PS = doimiy aholi soni; TS = vaqtincha aholi soni.
Mavjud aholi ma’lum hududdagi ayni vaqtda istiqomat qilayotgan aholi soni bo’lib, uning bir qismi muttasil shu joyda yashasa, bir qismi esa ma’lum muddatdan so’ng tark etadi.
19. A xonadonda 6 kishi yashaydi. Tushga yaqin 2 kishi mehmonga keldi. Demak, ayni paytda xonadonda mavjud aholi soni (MS) 8 ta doimiy aholi soni (PS) 6 ta va vaqtincha aholi soni (TS) 2 taga teng, ya’ni quyidagicha ko’rinishga ega:
MS = PS + TS = 6 + 2 = 8 kishi
Javob: Ayni paytda mavjud kishilar soni 8 tani tashkil qiladi.

Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:


20. Rossiya aholisi 2017-yil 1-mart bo’yicha, doimiy aholisi 146 838 993 kishini tashkil etadi. Agarda mamlakatda muhojirlarning soni 3 677 500 tani tashkil etsa, mavjud aholi sonini toping.
21. Gavayi orollarining doimiy aholisi 2018-yil 1-iyul bo’yicha, 1 420 491 kishini, mavjud aholi soni 1 896 300 kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi sonini toping hamda u mavjud aholining qancha qismini tashkil qilishini aniqlang.
22. Fransiyada doimiy aholi 2017-yil 15-fevral bo’yicha, 64 873 372 kishini, turistlar bilan 75 348 200 kishini tashkil etsa, turistlar sonini toping.



    1. Download 196 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling