Aholi geografiyasi


Javob: 2017-yil bo’yicha, O’zbekistonda tug’ilish koeffitsiyenti 21,9 ‰ ga teng bo’lgan. Mustaqil yechish uchun topshiriqlar: № 24


Download 196 Kb.
bet7/9
Sana02.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1321188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-amal (1)

Javob: 2017-yil bo’yicha, O’zbekistonda tug’ilish koeffitsiyenti 21,9 ‰ ga teng bo’lgan.

Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:


24. Yaponiya aholisi 127 000 000 kishini, tug’ilganlar soni esa 1 016 000 tani tashkil etsa, tug’ilish koeffitsiyenti qanchaga teng bo’ladi?
25. Afg’oniston aholisi 2019-yil 1-yanvar bo’yicha, 37 135 635 kishini tashkil etdi. Mos ravishda, tug’ilish koeffitsiyenti 38 ‰ ga teng bo’lsa, tug’ilganlar sonini toping.
26. Chirchiq shahrining aholisi 145 000 kishini, tug’ilish koeffitsiyenti esa 5‰ ni tashkil etsa, tug’ilganlar sonini aniqlang.


      1. O’LIM VA UNING KOEFFITSIYENTLARI


O’lim - avlodlarni hayotdan ko’z yumish jarayonini ifodalaydi va qator
(endogen va ekzogen) omillar ta’sirida sodir bo’ladi. O’lim jarayoni ma’lum aholi guruhlari, avlod, davlat va jamiyat taraqqiyoti bosqichlarida ijtimoiy - iqtisodiy

sharoitlarga bog’liq holda, inson hayotining turli davrlarida sodir bo’ladi. O’lim darajasi – o’lim koffitsiyentlari yordamida o’rganiladi.


      1. O’lim koeffitsiyenti


O’lim koeffitsiyenti – o’rganilayotgan ma’lum hududdagi umumiy aholiga nisbatan o’lganlar soni bilan aniqlanadi va bunda har 1000 kishiga nisbatan o’lganlar soni bilan ifodalanib, quyidagichicha aniqlanadi:

Ǒk= Ǒ
𝑆
Bu yerda, Ǒk - o’lim koeffitsiyenti (‰);

  • 1000

Ǒ - o’rganilayotgan davrdagi o’lganlar soni;
𝑆 - o’rganilayotgan davrdagi aholining o’rtacha soni.
O’lim koeffitsiyentiga ham aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Aholi tarkibida qariyalar salmog’ining ko’pligi o’lim koeffitsiyentini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin.
27. O’zbekistonda 2017-yil yanvar-dekabr holati bo’yicha, vafot etganlar soni 161 500 kishi, 2018-yil 1-yanvar bo’yicha esa 32 653 900 kishini tashkil etgan bo’lsa, o’lim koeffitsiyenti qanchani tashkil etadi?
Yechish. Umumiy aholiga nisbatan o’lim koeffitsiyentini aniqlashda ishni bajarish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

      1. joriy yildagi umumiy aholi soni (S) – 32 653 900 kishi;

      2. joriy yildagi vafot etganlar soni (Ŏ) – 161 500 kishi;

      3. formulaga asosan hisoblash amalga oshiriladi:




Ǒk= Ŏ
𝑺

    • 𝟏𝟎𝟎𝟎 = 161 500

32 653 900
= 0,0049 · 1000 = 4,9 ‰

` Javob: O’zbekistonda 2017-yildagi o’lim koeffitsiyenti 4,9 ‰ ni tashkil etadi. Bu esa har 1000 kishiga nisbatan vafot etganlar soni salkam 5 kishiga tengdir.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling