Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№ 32. Eron Islom Respublikasida 2013-yil bo’yicha, 80 mln kishi istiqomat qilgan. Shundan bir yoshgacha bolalar soni 1 648 000 tani, bir yoshga yetmay vafot etgan go’daklar soni esa 29 664 tani tashkil etsa, go’daklar o’limi koeffitsiyentini aniqlang.
№ 33. “…Aholisining soni 2013-yil bo’yicha 127 mln kishini, tug’ilish koeffitsiyenti 8 ‰ ga teng bo’lgan holda, bir yoshgacha bo’lgan bolalar soni 1,016 mln kishini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda, bir yoshga yetmay vafot etgan bolalar soni 2 032 taga teng” bo’lgan mamlakat qaysi va unda go’daklar o’limi koeffitsiyenti qanchani tashkil etadi?
№ 34. Shvetsiya aholisining soni 2017-yil bo’yicha, 9 913 430 kishini tashkil etadi. Agar mamlakatda tug’ilish koeffitsiyenti 1 ‰, go’daklar o’limi koeffitsiyenti esa 3 promilleni tashkil etganligidan foydalanib, bir yoshga yetmay vafot etgan bolalar sonini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |