Aholi geografiyasi


Download 196 Kb.
bet6/9
Sana02.04.2023
Hajmi196 Kb.
#1321188
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-amal (1)

Tug’ilish koeffitsiyenti


Tug’ilish koeffitsiyenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Tk= 𝑇
𝑆
Bu yerda, Tk = tug’ilish koeffitsiyenti;
T = tug’ilganlar soni; S = umumiy aholi soni.

  • 1000

Tug’ilish koeffitsiyenti, odatda, promilleda hisoblanadi. Bu koeffitsiyentdan tug’ilish darajasini ifodalashda ko’proq foydalaniladi. Uning yordamida ma’lum avlodlardagi tug’ilishda ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy tarzda o’rganilishi mumkin. Lekin tug’ilish koeffitsiyenti tug’ilish darajasini ifodalashda biroz dag’alliklarga yo’l qo’yadi. Chunki bu ko’rsatkichga aholining yosh va jinsiy tarkibi bevosita ta’sir etadi. Agar o’rganilayotgan hudud aholi tarkibida farzand ko’rish yoshiga yetmagan bolalar (0 - 14) va farzand ko’rish yoshidan o’tgan keksalar (60 va undan yuqori yoshdagi aholi guruhi) salmog’i yuqori bo’lsa, tug’ilish koeffitsiyentining biroz past darajada ifodalanishiga olib keladi.


Demograf olimlar B.S.Urlanis, V.A.Borisovlar tomonidan tug’ilish darajasini tug’ilish koeffitsiyenti yordamida baholash mezoni aniqlangan. Umumiy mezon bo’yicha o’rganilayotgan hudud yoki aholi guruhida tug’ilish koeffitsiyenti 16 ‰ dan kam bo’lsa - tug’ilish darajasi past; 16-24 ‰ bo’lsa - o’rta; 25-29 ‰ bo’lsa – yuqori; 40 ‰ dan baland bo’lsa - tug’ilish darajasi juda yuqori hisoblanadi.


23. O’zbekistonda 2017-yil yanvar-dekabr holati bo’yicha, tug’ilganlar soni 715 500 kishini, 2018-yil 1-yanvar bo’yicha, aholi soni 32 653 900 kishini tashkil etsa, tug’ilish koeffitsiyenti qanchaga teng bo’ladi?
Yechish. Mazkur holatda ishni bajarish uchun quyidagi ketma-ketlikda amallar bajariladi:

    1. umumiy aholi (S) - 32 653 900 kishi;

    2. berilgan yilda tug’ilganlar soni (T) - 715 500 kishi;

    3. formulaga asosan hisoblash amalga oshiriladi:

Tk= 𝑻
𝑺
715 500

  • 𝟏𝟎𝟎𝟎 =

32 653 900
= 0,0219 ∙ 1000 = 21,9 ‰


Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling