Aholi turmush darajasi statistikasi


Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko’rsatkichlar umumlashtirib ifodalaydi


Download 148.97 Kb.
bet5/13
Sana24.12.2022
Hajmi148.97 Kb.
#1050481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
22-Mavzu.Aholi turmush darajasi statistikasi

Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko’rsatkichlar umumlashtirib ifodalaydi:



Bu ko’rsatkichlar qiymat - pul ko’rsatkichlari bo’lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan SMD iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi:






Bu yerda: Ktd – aholi turmush darajasi koeffitsienti; SMD – sof milliy daromad; A – aholining o’rtacha soni.


Aholi turmush darajasining yuksalishi uchun SMD ning o’sish sur’ati aholining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi indeksini hisoblash kerak:



:

Bu yerda: Jatd – aholi turmush darajasi indeksi.
Agar Jatd>1 bo’lsa, iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan. Agar Jatd<1 bo’lsa, aksincha. Jatd=1 bo’lganda aholi turmush darajasi ham o’zgarmagan.




Nominal va real daromadlar va ularni hisoblash
Nominal daromad – bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan haq bo’lib, u pul shaklidagi jami daromadni o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan nominal daromad quyidagicha hisoblanadi:

ND = MBOD + MKD

Bu yerda: ND – nominal daromad; MBOD – mehnat bilan olgan daromad; ya’ni ish haqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi, MKD – mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend.


Pul daromadining o’zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog’liq. Shu sababli real daromad:

  • nominal daromadning miqdoriga;

  • daromaddan chegirilgan har xil soliqlar va to’lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo’liga tegadigan qismiga;

  • transfert to’lovlariga, ya’ni pensiya, nafaqa, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, tibbiy sug’urta kabilardan tushgan daromadlarga bog’liq.

Real daromad jami pul daromadlari (brutto daromad)dan turli to’lovlar (soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi – sof (netto) pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi:


Bu yerda: TT – transfert to’lovlar evaziga tushgan daromadlar; S – soliqlar va turli to’lovlar; Jp – bahoning umumiy indeksi.


Real daromad iste’mol tovarlar va xilma - xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.

Download 148.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling