Aholi turmush darajasi statistikasi
Real daromad indeksini aniqlash
Download 148.97 Kb.
|
22-Mavzu.Aholi turmush darajasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining umumiy, pirovard va real daromadlarini hisoblash tartibi (mln so’m)
- Joriy davr
- Kambag’allik va uning chegarasini aniqlash usullari
Real daromad indeksini aniqlash
Real daromad indeksi hisoblash uchun dastavval umumiy va pirovard daromadlar hajmi aniqlanadi. Buni 33- jadvaldagi shartli raqamlar misolida ko’rib chiqamiz. Real daromad indeksi quyidagicha hisoblanadi: yoki Bu yerda: RD0 va RD1 – real daromadning bazis va joriy davrdagi summasi; Jp – bahoning umumiy indeksi. Misolimizdan: = 1,092:1,1=0,992 yoki 99,2 foiz; = 0,973:0,98 = 0,992 yoki 99,2 foiz Aholining umumiy, pirovard va real daromadlarini hisoblash tartibi (mln so’m)
Demak, real daromad joriy davrda bazis davrga nisbatan 0,8 punktga kamaygan. Shu davr ichida narx esa 10 foizga oshgan. Narx o’zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko’paysa, real daromad ham ko’payadi. Agar pul daromadi o’zgarmay turib narx oshsa, real daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha ortadi. Pul daromadi va narxlar real daromadga qarama - qarshi yo’nalishda ta’sir etadi. Kambag’allik va uning chegarasini aniqlash usullari Kambag’allik shunday holatki, bunday vaziyatda inson o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo’lmaydi. Aholi va oilalarning bu qatlami pul mablag’lari, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam ta’minlanganligi sababli ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari past darajada qondirilgan bo’ladi. Statistika amaliyotida kambag’allikni tavsiflash maqsadida quyidagi usullar qo’llaniladi: statistik usul, ya’ni daromad darajasi bo’yicha aholining taqsimotini aniqlash; normativ usul, ya’ni me’yordagi iste’mol savatchasini hisoblab chiqish. Birinchi usulda tegishli hukumat tashkilotlari mamlakat bo’yicha har bir kishi va oilaning o’rtacha daromadlarini aniqlab chiqadi. Aynan shu o’rtacha daromad kambag’allik chegarasi deb yuritilib, daromad darajasi undan past bo’lganlar kambag’allar, yuqorilari esa nisbatan boylar deb yuritiladi. Masalan, ayrim davlatlarda kambag’allik chegarasi mazkur mamlakat bo’yicha o’rtacha daromaddan ikki baravar kam bo’lgan daromad deb taxmin qilinsa, boshqalarida esa u o’rtacha daromadning 2/3 qismiga teng kelishi lozim, deb hisoblanadi. Biroq, aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham boshqa - normativ usul qabul qilingan. Normativ usulda kambag’allik darajasi tarkibi eng zarur bo’lgan oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlari va xizmatlar to’plamidan iborat bo’lgan eng kam “iste’mol savati” qiymati asosida aniqlanadi. U quyidagicha hisoblanadi: dastlab oziq - ovqat mahsulotlari to’plamining qiymati, so’ngra oila byudjeti ma’lumotlari asosida kam ta’minlangan oilalarning umumiy xarajatlarida nooziq - ovqat mahsulotlar va xizmatlarning salmog’i aniqlanadi. Bu salmog’ eng arzon narxlarda eng kam iste’mol savati qiymatida hisoblanib boshlang’ich hisob - kitoblarga qo’shiladi. Iste’mol savatining qiymat ifodasi eng kam iste’mol byudjeti deb ataladi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki ko’pincha uning ma’lum bir qismiga (masalan 50 foizga) mos keluvchi daromad kambag’allik chegarasi (KCh) hisoblanadi. Davlat kambag’allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga ma’lum miqdorda moddiy yordam ko’rsatadi. Aslida ham ijtimoiy himoyalashning barcha asosiy choralari aholining aynan shu toifasiga, shuningdek, ish haqi, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga qaratilgan. Download 148.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling