Aholi turmush darajasi statistikasi
Kambag’allik indekslarini hisoblash
Download 148.97 Kb.
|
22-Mavzu.Aholi turmush darajasi statistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kambag’allikning chuqurlashuv yoki sayozlashuv indeksini hisoblash tartibi
Kambag’allik indekslarini hisoblash
Kambag’allikning vaqt bo’yicha o’zgarishi qator indekslarni hisoblash yordamida aniqlanadi: kambag’allik indeksi; kambag’allikning chuqurlashuvi yoki sayozlashuv indeksi; kambag’allikning keskinlashuv indeksi. Kambag’allik indeksi (Jk) joriy davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kk)ni bazis davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kk)ga bo’lish yordamida hisoblanadi. Bu yerda: va – kambag’allik chegarasidan past daromadga ega bo’lgan aholi soni (bazis va joriy davrlarda); A0 va A1 – bazis va joriy davrlarda aholining o’rtcha soni. Agar Jk >1 bo’lsa, u holda kambmg’allik darajasi o’sish tomonga, Jk<1 bo’lsa, pasayish tomonga moyil bo’lgan. Agar Jk =1 bo’lsa, u holda kambag’allik darajasi o’zgarmagan bo’ladi. Daromadlar tengsizligi bor joyda kambag’allik muammosi hamisha mavjud bo’ladi. Agar aholini kambag’allik chegarasiga qarab tabaqalasak, u holda ularning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlarni shartli ravishda quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin: o’ta boylar (O’B); boylar (B); o’rtahollar (O’H); kabag’allar (K); o’ta kambag’allar (O’K). Kambag’allikni chuqurlashib yoki sayozlashib borayotganini tavsiflovchi indeksni hisoblash uchun dastlab mazkur guruhlar bo’yicha bazis va joriy davrlar uchun tarkibiy nisbiy miqdorlar hisoblanadi.So’ngra bu nisbiy miqdorlar bir - biri bilan taqqoslanadi . Kambag’allikning chuqurlashuv yoki sayozlashuv indeksini hisoblash tartibi
Agar,
bo’lsa, u holda kambag’allik chuqurlashib borayotganligidan dalolat beradi. Chunki jamiyatda o’ta boylar qatlamidan tortib, to o’ta kambag’allar qatlamigacha kambag’allashish holati sodir bo’ladi. Agar, JdO’B >JdB >JdO’H>Jdk>JdO’K bo’lsa, u holda kambag’allik sayozlashib, xalq farovonligining oshib borayotganligidan dalolat beradi. Chunki bunday tengsizlik o’ta kambag’al aholi salmog’ining kambag’allar salmog’idan kichik, kambag’allar salmog’ining o’rtahollar salmog’idan kichik, boylar salmog’ining esa o’ta boylar salmog’idan kichik ekanligidan dalolat beradi. Kambag’allikning keskinlashuv jarayoni quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi: Rmax = Xmax – Xmin Bu yerda: Rmax – kambag’allik darajasidagi variatsion kenglik; Xmax – o’ta boylarning o’rtacha daromadi; Xmin – o’ta kambag’allarning o’rtacha daromadi; ν – variatsiya koeffitsienti; σ – dispersiya; x – jamiyatdagi o’rtacha daromad. Shu ko’rsatkichlarga asoslanib kambag’allikning keskinlashuv indeksi (Jkk) quyidagicha hisoblanadi: Agar Jkk>1bo’lsa, demak o’ta boylar bilan o’ta kambag’alla ro’rtasidagi absalyut va nisbiy (Jkk) tafovut katta bo’ladi va aksincha. Jamiyat hamisha kambag’allikni yumshatish va uni tugatish yo’lidan boradi. Bozor iqtisodiyotiga xos umumiy qoida - bu kambag’allar soni hamda salmog’ining qisqarib borishiga moyilligidir, chunki ishlab chiqarish o’sishi bilan kam daromadli oila o’rtacha va yuqori daromadlilar qatoridan o’rin oladi. Davlat siyosati ham nisbiy kambag’allikni qisqartirish mutlaq kambag’allikni, ya’ni qashshoqlikni esa tag - tubi bilan yo’qotishga qaratilgan. 1> Download 148.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling