Aholining alohida toifalari (boshpanasizlar, ishsizlar, qochoqlar, diniy sektalar a’zolari va boshqalar)bilan ijtimoiy-pedagogik ish usullari mundarija kirish


Download 63.13 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi63.13 Kb.
#1336848
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AHOLINING ALOHIDA TOIFALARI BOSHPANASIZLAR, ISHSIZLAR, QOCHOQLAR

Tadqiqot predmeti: Aholining alohida toifalari (boshpanasizlar, ishsizlar, qochoqlar, diniy sektalar a’zolari va boshqalar)bilan ijtimoiy-pedagogik ish mazmuni, shakl, metodlari va vositalari.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati:
I.BOB. TALABALARNI IJTIMOIY FAOLLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


1.1-§. Talabalarni ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish muammosining adabiyotlarda o‘rganilganligi
XX asrning 70- yillarigacha Sharqiy Osiyodagi ijtimoiy siyosatga yetarli e’tibor berilmagan edi. Faqatgina Yaponiyadagina ijtimoiy ta’minot tizimi ishlab chiqilgan edi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida Yaponiyada ijtimoiy siyosatning rivojlangan tizimini ko‘rish mumkin. Aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyotining jahon tajribasi tahliliga ko‘ra, AQSh modelida ushbu dasturlar individual yondashuvlar asosida jamiyat a’zosining, Shved modelida esa jamiyatning barcha a’zolarini yoppasiga ijtimoiy himoya qilishga e’tibor qaratilsa, Yaponiyada aholini ijtimoiy himoya chora-tadbirlari ishlovchi ishlayotgan korxona ma’muriyati tomonidan jamoa turmush farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilgan hisoblanadi. Yaponiyada ijtimoiy siyosatda har bir insonning farvonligini oshirish yoki uni mustahkamlanishi uchun emas, balki yaxlit bir jamoa haqida qayg‘uriladi. Iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy siyosatning “Yapon” modeli korporativ model sifatida e’tirof etiladi.
1960 yildan keyingi davrda Yaponiyada “YaIMni ikki barobarga oshirish” siyosati amaliyotga tadbiq etila boshlandi. Mazkur davrda mamlakatda mehnatkashlarni munosib ijtimoiy himoyalash masalasi e’tibor markazida bo‘ldi.
Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda hukumat xususiy setkordagi ish beruvchilar, xususiy setkordagi ish beruvchilar-yollanma ishchilar o‘rtasida qa’tiy kelishuvgv asoslangan xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatiga ustivorlik qaratildi. Xalqaro ekspertlarning jahon mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyotini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida bu turdagi o‘zaro iqtisodiy kelishuvga asoslangan bandlik uch yoqlama ijtimoiy sheriklik asosidagi ijtimoiy himoya tasturining poydevori deb baholangan. Shu bilan bir qatorda Yaponiyada bu turdagi o‘zaro kelishuvning mavjudligi yollanma ishchilarning ijtimoiy holati to‘g‘risida ish beruvchining ko‘rsatgan ijtimoiy himoya tadbirlari hisobiga ularning o‘z kompaniyalari uchun bor imkoniyatlari bilan mehnat qiladilar.
Davlat, ish beruvchi va yollanma ishsi o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuvga asoslangan mehnat bozorining tashkil etilishi mamlakatda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning o‘ziga xos bo‘lgan mexanizmini yaratishga imkon berdi. Ikki karra YaIM siyosatida davlat milliy ijtimoiy himoya tizimini oz qo‘liga olib, ishchilardan ishga bo‘lgan munosabat, mas’uliyat bilan yondashuv ishchining samaradorligi va sifati uchun javobgarlik talab qilinar edi. ushbu jarayonda davlat ijtimoiy hamkorlik bo‘yicha kafil sifatida ishtirok etib, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni o‘z himoyasiga olgan edi, bu esa o‘z navbatida ish samaradorligini oshirib, kutilgan natijalarni bera boshladi. Bandlik siyosati bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi, bunda bo‘sh ish o‘rinlari yaratish, daromatlar o‘rtasidagi keskinlik kamaytirildi,tengsizlikka barham berila boshladi. Ijtimoiy sohaga katta miqyosdagi invistitsiyalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida inson kapitalining rivojlanishida jahonda yetaksi o‘rinlardan biriga chiqib olish imkonini berdi.
Yaponiya aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • iste’mol tavarlari ijtimoiy xizmatlar sifatni takomillashtirish va ularning tannarxini optimallashtirish yevaziga aholini iste’molini rag‘batlantirish;

  • tabaqalashgan ijtimoiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan, tabaqalashgan tibbiy sug‘urta xizmatlaari. Bunda yollanma ishchining bandlik maqomi, ishlayotgan tashkiloti obro-e’tibori, sug‘urtalanuvchining moddiy holatidan kelib chiqqan holda sug‘urta xizmatlari ko‘rsatiladi;

  • dalat ish beruvchilar nomidan ijtimoiy himoya xizmatlariga kafolatlarining mavjudligi;

  • yirik ish beruvchi tashkilotlarning o‘z yollanma ishchilarining ijtimoiy ta’minoti uchun kafolatining mavjudligi;

  • ish beruvchi tomonidan umurbod yollangan ishchilarga ta’lim va tibbiy xizmatlarning bepul yoki tegishli imtiyozlar asosida ko‘rsatilishi;

  • xususiy sektordagi ish beruvchilar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning moliyalashtirilishida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash dasturining mavjudligi1.

Yaponiya aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimining uch yoqlama ijtimoiy sheriklikka asoslanganligi mamlakat mehnat bozorida fuqarolarni ishsizlikdan maksimal himoyalash, yangi ish o‘rinlarni yaratishni rag‘batlantirish bilan bir qatorda aholi daromadlari tabaqalanish darajasini kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat soliq siyosati esa daromatlarni emas, balki boyliklarni qayta taqsimlashga asoslangan bo‘lib, jamiyatda ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy jihatdan muhtojlikni qisqartirish uchun zamin yaratadi. Yaponiya ijtimoiy himoya tizimi aholining yoshi ulg‘aygan sari fuqaroning turmush farovonligini yaxshilab borishga yo‘naltirilgan bo‘lib,bandlik muddatlari va ish haqi to‘lash tartibi ham shunga yarasha o‘zgarib boradi. Masalan Yaponiya mehnat bozorida bandlik quyidagi davrlarga bo‘linib, ish haqi ortish tartibi qa’tiy o‘rnatilgan:

  • yollanma ishchining 30 yoshgacha bo‘lgan mehnat faoliyati – bunda ishchi ish haqining bazis stavkasining o‘zini oladi. Mazkur davr oila qurishga tayyorgalik davri deb ataladi;

  • yollanma ishchining 30-40 yosh oralig‘idagi mehnat faoliyati –bunda ishchi ish haqining bazis stavkasi bilan bir qatorda 70-80 foizgacha ustama haqi olish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu davr oila qurish va farzandli bo‘lish davri deb ataladi;

  • yollanma ishchining 40-45 yosh oralig‘idagi mehnat faoliyati – bunda ishchi ish haqining bazis stavkasi, ustama haq va turli bonuslar olish huquqiga ega bo‘ladi. Bonuslar miqdori ish berivchining daromadi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu davr yollanma ishchi mehnat faoliyatining yetuklik davri sifatida e’tirof etiladi;

  • yollanma ishchining 46 yoshdan keyingi davrdagi mehnat faoliyati – bu mehnat faoliyatidagi pensiyaga chiqishga tayyorgarlik muddati bo‘lib, mazkur davrda yollanma ishchining bazis ish haqi miqdori o‘zgarmay qoladi.

Yaponiya davlat byujeti tomonidan faqatgina aholini minimal darajadagi turmush farovonligini ta’minlash kafolatlanadi va u quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • kunlik minimal iste’mol;

  • ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish;

  • uy-joy bilan ta’minlash va kammunal xizmatlar ko‘rsatish;

  • onalikni himoyalash;

  • ishsizlikdan himoyalash;

  • dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa.

Yuqoridagi keltirib o‘tilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun xarajatlarning 75 foizi davlat budjetdan, qolgan 25 foizi mahalliy budjet tomonidan moliyalashtiriladi.
Yaponiyaning ijtimoiy siyosati qariyalar hayotini farovonlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Fuqarolarga pensiya ta’minotini davlat bor- yo‘g‘i 1\3 qismini to‘laydi, qolgan qismi nodavlat yoki ixtiyoriy pensiya ta’minoti hisobidan moliyalashtiriladi.
Yaponiya eng uzoq umr ko‘radigan aholisiga ega davlat. Mamlakatda o‘rtacha umr ko‘rish 83,5 yosh va eng past o‘lim darajasini tashkil etadi. Hozirgi kunda Yaponiyaning 25,8 foiz aholisi 65 yoshdan katta kishilar, tug‘ilish jarayoning kamligi, insonlarni kech turmush qurishi demografik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu maqsadda Yaponiya davlati global aholi qarishi muammasini hal qilishda immigratsiyani cheklash va tug‘ilishni rag‘batlantirish choralarini qo‘llamoqdalar.
Yaponiyada ta’lim tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mamlakatda 1947-yildan boshlab boshlang‘ich maktab va o‘rta maktab majburiydir. Yaponiyaning ta’lim tizimi juda raqobatbardosh, ko‘pchilik aholi ta’limni davom ettirib, o‘rta-maxsus va Oliy ta’limni davom ettiradilar, davlat ham bu tizimni muntazam rag‘batlantirib boradi.
Sog‘liqni saqlash tizimida ham katta islohotlar olib borilmoqda. Tibbiy xizmat tibbiy sug‘urtalar orqali amalga oshiriladi, barcha o‘z ish joyiga ega aholi o‘z tibbiy sug‘urtasiga ega, sug‘urtasi yo‘q insonlar davlat tomonidan kafolatlanadi. 1973 yildan beri sug‘urta davlat tomonidan moliyalashtirilib boriladi. 2025 yilga kelib ijtimoiy ta’minot xarajatlarini moliyalashtirilishni oshirish va kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya darajasini ham oshirilish kutilmoqda.
Yaponiya aholi turmush farovonligi darajasi muntazam ravishda ortib bormoqda. Mamlakat aholisining 80 foizdan ortig‘i shahar hududlarida istiqomat qilishi ushbu fikrimizning yaqqol dalilidir. 2025-yilga borib hukumat aholini ijtimoiy himoya qilish qamrovini yanada oshirish rejasini o‘z oldiga qo‘ymoqda.
Gonkong va Singapur mamlakatlari ijtimoiy siyosati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Singapurda ijtimoiy siyosat davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, Gonkong ijtimoiy xarajatlar uchun davlat budjetidan oz miqdorda mablag‘ ajratar edi. Qiyosiy tahlillar ko‘rsatishicha Fransiya, Germaniya, Avstriya va Shveysariya davlatlarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat va Yaponiyadagi ijtimoiy siyosat farq qiladi, Yaponiyadagi ijtimoiy siyosat oila barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sharqiy Osiyodagi demografik o‘zgarishlar, aholini qarishi, aholini tug‘ilish darajasining pasayishi va o‘limning ortishi achinarli holatdir. Yaponiya va Janubiy Koreyadagi aholining qarishi va aholi sonining kamayishi shundan dalolatdir.
Yaponiya, Janubiy Koreya va Tayvanda ayollar o‘rni faqat farzand tug‘ish va keksalarga qarash bilan asosan belgilanar edi. Hozirda mehnat resurslarining yetishmovchiligi tufayli turmush qurgan ayollar ham mehnat bozoriga jalb qilinmoqda. Lekin ayollar ko‘proq bola parvarishi bilan shug‘ullanishi, keksalar parvarishi bilan shug‘ullanib, oilada o‘z o‘rnini topishi kerak. Bu o‘rinda ijtimoiy siyosatning ahamiyati kattadir2.
Shuni ham aytib o‘tish joizki Yaponiya davlatida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda texnologiyalardan foydalanishga katta e’tibor qaratilgan. Yaponiyaning yirik korparatsiyalari bugungi kunda nogironligi bor shaxslar va keksa yoshdagi kishilarni qaraydigan robotlarni yaratishga katta buyurtma olishgan.



Download 63.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling