Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash
II. Respublika olimpiadalarini o‘tkazish tartibi
Download 28.51 Kb.
|
qaror
II. Respublika olimpiadalarini o‘tkazish tartibi
3. Respublika (fan) olimpiadalari har yili akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining 1, 2, 3-kurs o‘quvchilari va umumta’lim maktablarining IX, X, XI sinflari (majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgungacha) hamda IX sinflar o‘quvchilari (majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgandan keyin) o‘rtasida o‘tkaziladi. 4. Fan olimpiadalari to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: a) 1-bosqich — o‘qish joyi bo‘yicha; b) 2-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga bo‘linmagan shahar bo‘yicha; v) 3-bosqich — viloyat bo‘yicha, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent shahrida; g) 4-bosqich — respublika bo‘yicha. 5. Fan olimpiadasining birinchi bosqichida umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lganlar qatnashadilar. G‘oliblar 76 — 100 ball to‘plagan o‘quvchilar orasidan aniqlanadi. 6. Birinchi bosqichda akademik litseylar va umumta’lim maktablarining chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha I o‘rinni egallagan o‘quvchilari olimpiadaning II bosqichida qatnashmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri 3-bosqichida qatnashadilar. 7. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida g‘oliblar ham fanlar bo‘yicha, ham kurslar (sinflar) bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga muvofiq fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’uliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Yakunlovchi — to‘rtinchi bosqich bo‘yicha — majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga va Xalq ta’limi vazirligiga, majburiy 12 yillik ta’limga o‘tilgandan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklanadi. 9. Fan olimpiadalarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar. 10. Tashkiliy qo‘mitalar fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar. 11. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita, hay’at a’zolarining farzandlari, hay’at a’zolarining o‘quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ushbu shaxslar tashkiliy qo‘mita qarori asosida tashkiliy qo‘mita yoki hay’at a’zolari tarkibidan chiqariladi. 12. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi fan olimpiadalarining barcha bosqichlarini, 4-bosqichini o‘tkazishda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tasdiqlangan mezonlar hamda oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilaydilar va amalga oshiradilar. 13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi fan olimpiadalarining barcha bosqichlari uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari, yozma va amaliy ishlarni Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga mazmunan mos kelishini hamda murakkabligiga qo‘yiladigan talablarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi. 14. Ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari orasida ona tili va adabiyot, matematika fanlaridan olimpiada Brayl usulidagi yozuv asosida o‘tkaziladi. Topshiriqlar tashkiliy qo‘mita tasdiqlagan ijodiy guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi, maxfiyligi ta’minlanadi hamda qatnashchilar ko‘rsatgan natijalar baholash mezonlari asosida baholanadi. 15. Fan olimpiadalari g‘oliblarining yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini o‘zga jamoa rahbarlari, ishtirokchilar va ularning ota-onalariga ko‘rsatish qat’iyan man qilinadi. 16. Fan olimpiadalari jarayonida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmagan o‘quvchilar hakamlar hay’ati qarori bilan olimpiadadan chetlashtiriladi. Bu haqda tuzilgan dalolatnoma hakamlar hay’ati raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi. Download 28.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling