Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


III. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini o‘tkazish tartibi


Download 28.51 Kb.
bet4/7
Sana04.01.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1077128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qaror

III. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini o‘tkazish tartibi
17. Fan olimpiadasining birinchi bosqichini o‘tkazish mas’uliyati akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari direktorlari zimmasiga yuklanadi.
18. Birinchi bosqichda umumta’lim maktablarining 9 — 11-sinf o‘quvchilari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining 1 — 3-kurs o‘quvchilari uchun topshiriqlar ta’lim muassasasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tayyorlanadi.
19. Olimpiadaning birinchi bosqichida umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
20. Fan olimpiadalarining birinchi bosqichi natijalari ta’lim muassasasining pedagogik kengashlarida muhokama etiladi va olimpiada o‘tkazilgan fanlardan I, II, III o‘rinni egallagan g‘oliblarning tuman olimpiadasida qatnashishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
IV.Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini o‘tkazish tartibi
21. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichini o‘tkazish mas’uliyati O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbarlarining zimmasiga yuklanadi.
22. Ikkinchi bosqich uchun test, yozma va amaliy ishlar viloyat tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tayyorlanib, maxfiyligi ta’minlangan holda o‘tkaziladigan kuni maxsus vakillar tomonidan yetkaziladi.
23. Fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi yakunlari hududiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari kengashlarida ko‘rib chiqiladi, III bosqichda ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati tasdiqlanadi.
V. Fan olimpiadasining uchinchi bosqichini o‘tkazish tartibi
24. Fan olimpiadalarining uchinchi bosqichini tashkil etish O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
25. Fanlardan yozma ish variantlari, testlar hamda amaliy ishlar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan malakali mutaxassislar jalb qilingan holda ko‘p variantlilik asosida hamda maxfiyligi ta’minlangan holda tayyorlanadi.
26. Tayyorlangan topshiriqlar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan tavsiya qilingan ekspert guruhlari tomonidan birgalikda ekspertiza qilinadi.
Tanlab olingan topshiriqlar tashkiliy qo‘mitaning ikki mutaxassis bo‘lmagan vakili tomonidan konvertlarga solinib, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining muhri qo‘yiladi. Muhrlangan konvertlar viloyatlarga O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi va Xalq ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan yetkaziladi.
27. Fan olimpiadasining uchinchi bosqichi yozma ish, test va amaliy ishlar respublikaning barcha hududlarida hamda Toshkent shahrida bir kunda va bir vaqtda o‘tkaziladi.
28. Uchinchi bosqichda qatnashgan o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishlar viloyat tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tahlil etiladi. Fanlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning bajargan test topshiriqlari, yozma ish va amaliy ishlari hamda tavsiya etilgan boshqa hujjatlar xatosiz rasmiylashtirilgan holda olimpiada tugagan kunning ertasiga viloyat tashkiliy qo‘mitasi raisi yoki mas’ul kotibi tomonidan respublika tashkiliy qo‘mitasining vakiliga shaxsan topshiriladi.
29. Uchinchi bosqichda avvalgi o‘quv yilida fan olimpiadasining viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallagan 10-sinf o‘quvchilari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 2-kurs o‘quvchilari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadilar.
30. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘tkaziladigan uchinchi bosqich olimpiadasida 76 va undan yuqori ball to‘plab, I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblar yakunlovchi IV bosqich sinovlaridan ozod etiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qarorida belgilangan fan olimpiada g‘oliblariga beriladigan imtiyozlardan to‘liq foydalanadilar.
31. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha 3-bosqich olimpiada topshiriqlarini tayyorlash mas’uliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatiladi.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling