Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


Download 28.51 Kb.
bet6/7
Sana04.01.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1077128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qaror

VIII. Hakamlar hay’ati
44. Fan olimpiadalarining barcha bosqichlarini o‘tkazish uchun har bir fan bo‘yicha 5 — 7 kishidan iborat hakamlar hay’ati tarkibi tuziladi va tashkiliy qo‘mitalar tomonidan tasdiqlanadi.
45. Hakamlar hay’ati quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) fan olimpiadalari ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida tekshiradi va baholaydi;
b) fanlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi;
v) fan olimpiadalari yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qaror matnlarini tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;
g) fan olimpiadalari natijalarini olimpiada qatnashchilari va jamoa rahbarlari ishtirokida e’lon qiladi;
d) o‘tkazilgan olimpiada natijalari haqida tashkiliy qo‘mitaga batafsil hisobot beradi va zarur hujjatlarni taqdim etadi.
46. Hakamlar hay’ati tarkibiga tavsiya qilingan a’zolar olimpiadaning faqat bitta (tuman ( shahar), viloyat yoki respublika) bosqichida ishtirok etadilar.
47. Har bir fan bo‘yicha tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari o‘zlari orasidan fan raisini saylaydilar.
48. Hakamlar hay’ati raisi va a’zolari uzluksiz ravishda ikki yildan ortiq olimpiada hakamlari tarkibiga kiritilmaydi.
IX. Auditoriya rahbari va nazoratchilar
49. Fan olimpiadasining barcha bosqichlarida olimpiada jarayonini boshqarish, tashkiliy ishlarni bajarish, adolat tamoyillariga amal qilinishini ta’minlash maqsadida tashkiliy qo‘mita tomonidan qur’a tashlash (olimpiada o‘tkazilishidan oldin) yo‘li bilan olimpiada o‘tkazilayotgan xonalarga auditoriya rahbari va nazoratchi tayinlanadi.
50. Auditoriya rahbarlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) tegishli fan bo‘yicha hakamlar hay’ati a’zolarini olimpiada hujjatlari bilan tanishtiradi;
b) fan olimpiadasi jarayonida o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagan o‘quvchilarni dalolatnoma tuzib, hakamlar hay’atiga topshiradi;
v) test, yozma ish, amaliy ishlarni shifrlab tekshirish uchun hakamlar hay’atiga topshiradi;
g) hakamlar tomonidan tekshirilgan ishlarni shifr bo‘yicha ro‘yxatini tuzadi va g‘oliblarni aniqlash uchun hay’atga taqdim etadi.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling