Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umum-ta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash


VI. Fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichini o‘tkazish tartibi


Download 28.51 Kb.
bet5/7
Sana04.01.2023
Hajmi28.51 Kb.
#1077128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qaror

VI. Fan olimpiadasining to‘rtinchi bosqichini o‘tkazish tartibi
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining hududiy boshqarmalari olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni 4-bosqichga uyushqoqlik bilan tayyorlash maqsadida barcha tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘radi.
33. Uchinchi bosqich olimpiadasida I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lgan 3-kurs (11-sinf) o‘quvchilari IV bosqichda qatnashadilar.
G‘oliblar 76 — 100 ball to‘plagan o‘quvchilar orasidan aniqlanadi.
34. Fan olimpiadasining 4-bosqichidagi test sinovlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan, amaliy ishlar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ko‘p variantlilik asosida hamda maxfiyligini ta’minlagan holda tayyorlanadi.
35. Respublika fan olimpiadalari o‘tkaziladigan joyga ishtirokchilarni olib kelish va olib ketish, ularning yashash va yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha tashkiliy chora-tadbirlar mas’uliyati O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
36. Respublika fan olimpiadalarining to‘rtinchi bosqichida fanlardan 76 va undan yuqori ball to‘plab, I, II, III o‘rinlarni egallagan umumta’lim maktablarining 11-sinf hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 3-kurs o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga binoan oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarsiz hamda qo‘shimcha imtihonlarsiz kirish imtiyoziga ega bo‘ladilar.
VII. Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi o‘quvchilarni tanlash
37. Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi o‘quvchilarni tanlash O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
38. Respublika fan olimpiadasining III bosqichida umumta’lim fanlardan 1 — 5-o‘rinlarni egallagan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2, 3-kurs o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining 10, 11-sinf o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadasida qatnashish uchun tanlovda ishtirok etadilar.
39. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.
40. Tanlovning birinchi bosqichida I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar keyingi bosqichda ishtirok etadilar.
41. Tanlov o‘tkazish joyi va muddati O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
42. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tavsiya qilgan ekspert guruhi tomonidan tanlovda qatnashgan o‘quvchilarning yozma ishlari tekshiriladi va g‘oliblar aniqlanadi.
43. G‘oliblarni aniqlashda o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini masalalar yechishga tatbiq etish qobiliyatlari, topshiriqlarning original yechimlarini topishlari, yozma javoblarni to‘la bayon etishi va ilmiy xulosalar chiqarishi e’tiborga olinadi.

Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling