Akblariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Akkumulatorning razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash tartibi
Download 113,73 Kb.
|
5 ATES
Akkumulatorning razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash tartibiAkkumulator barateyalarining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash uchun LE-2, Le-3 belgili yuklama sanchqilari yoki E 108, E 107 (elementlararo ulagichlari yashirin bo’lgan akkumulator batareyalari uchun) belgili akkumulator sinov asboblari ishlatiladi.
E 108 belgili akkumulator sinov asbobi, sig‗imi 40. 190 A soat bo’lgan akkumulator batareya- larining ishga yaroqliligini tekshirish imkonini beradi. Tekshirishni boshlashdan avval sinov asbobdagi kontakt gaykalar yordamida akkumulator batareyasining sig’imiga mos keladigan yuklama qarshilikla- rini zanjirga ulanadi. Tekshirish vaqtida sinov asbobi oyoqchalarining uchi akkumulatorning tashqariga chiqarilgan shtirlariga qattiq bosiladi (13.5-rasm) va 5 sekund oxirida voltmetr ko’rsatkichiga qarab kuchlanish aniqlanadi. Har bir bankadagi kuchlanishni o’lchab, hisobotdagi jadvalga yoziladi. Kuch-lanish haqidagi ma‘lumotlar va quyida keltirilgan jadvalga asosan, akkumulyator batareyasining har bir bankasining razryadlanganlik darajasi aniq-lanadi va hisobotga yozib qo‘yiladi.
13.6-rasmda E 107 belgili sinov asbobi yordamida elementlararo ulagichi yashirin bo’lgan batareyalarning kuchlanishini o’lchash ko’rsatilgan. Bu kuchlanish 8,9 V dan kam bo’lgan akkumulator batareyasi nihoyat darajada razryadlangan yoki unda jiddiy nosozlik mavjud bo’ladi. Akkumulatorning volt-amper tavsifnomasini olish tartibi Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimsini hisoblashda akkumulator barateyasining volt- amper tavsifnomasidan foydalaniladi. Akkumulatorning volt-amper tavsifnomasi deb batareya kuchlanishi UB ni razryad toki IR ga bog‗liqligiga aytiladi, ya‘ni UB =f(IR). Volt-amper tavsifnomani to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida qabul qilib, uni ikkala tomonga davom ettirsak, koordinata o‘qlarida UBR va IQT kesmalar ajraladi. Buyerda: UBR - boshlang‗ich razryadlanish kuchlanishi, V; IQT - qisqa tutashuv toki, A. Boshlang‗ich razryadlanish kuchlanishi UBR ni quyidagi ifoda orqali hisoblash mumkin: UBR =m* (2,02 + 0,00136* te - 0,001DR), V /2.6/ Bunda m - akkumulator bankalar soni, te - elektrolit temperaturasi,0S; DR – akkumulya-torning razryadlanganlik darajasi, %. Agar amper-volt tavsifnomani chiziqli deb hisoblasak va uning hech bo‗lmasa bitta nuqtasining qiymati (Ui , Ii) ma‘lum bo‘lsa, akkumulator bataeyasining qisqa tutashuv tokini quyidagi ifoda orqali hisoblasa bo‘ladi:
Download 113,73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling