Akblariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Download 113.73 Kb.
|
5 ATES
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
- Akkumulatordagi elektrolit temperaturasini o‘lchash.
4. Ishni bajarish tartibi:Akkumulatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak: Akumulatordagi elektrolit sathini o‘lchash. Akumulatordagi elektrolit temperaturasini o‘lchash. Akumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash. Akumulator plastinalari orasida qisqa tutashuv bor yoqlig’ini aniqlash. Akumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash. Akumulatorlar batareyasining volt-amper tavsifnomasini tekshirish va tahlil qilish. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlash. Umumiy ma’lumotlar:Nazariy qism: Akkumulatordagi elektrolit sathini o‘lchashElektrolit sathini o‘lchash uchun akkumulator bankasining tiqinlari ochiladi va unga saqlovchi to’siqqa qadalguncha, shisha o‘lchov naycha tushiriladi. So‘ngra shisha naychaning ustki tomoni barmoq bilan berkitiladi va akkumulatordan chiqariladi. Shisha naychada elektrolit sathiga teng bo’lgan suyuqlik ustunchasi hosil bo’ladi. Akkumulatordagi elektrolit sathi saqlovchi to’siqdan 10-15 mm yuqori bo‘lishi kerak. Agar elektrolit sathi bundan past bo‘lsa akkumulatorga distillangan suv quyiladi, yuqori bo‘lsa ortiqcha elektrolit noksimon rezinali so‘rgich yordamida olib tashlanadi. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo‘yiladi. Akkumulatordagi elektrolit temperaturasini o‘lchash.Elektrolit temperaturasini o‘lchash uchun akkumulatorning bironta bankasiga oddiy simobli termometr tushiriladi va 3-5 minut davomida ushlab turiladi. Elektrolit temperaturasi haqidagi ma‘lumotlar hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi. Download 113.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling