Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot kafedra tomonidan tayyorlangan maxsus shakl bo‘yicha, beril- gan hajmda va tartibda tayyorlanadi.
"Akkumulatorlar batareyasi" laboratoriya ishini topshirishda talabalarga beriladigan nazorat savollari
Akkumulatorlar batareyasining avtomobildagi vazifasi.
Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining tuzilishi va ularni belgilash (ГОСТ, DIN, ETN, SAE standartlariga ko‘ra).
«Xizmat ko‘rsatilmaydigan» va «Kam xizmat ko‘rsatiladigan» akkumulya-torlarining tuzilishi va ularni ishlatishining o‘ziga xos tomonlarini tushun-tiring.
Akkumulatorlar batareyalarida zaryad va razryad vaqtida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar va ularning mohiyatini tushuntiring.
Akkumulatorlardagi elektrolit zichligining razryad va zaryad vaqtida o‘zgarish sabablarini izohlang.
Akkumulatorlar batareyasining sig‘imi nima va u qanday omillarga bog ‘liq?
Akkumulatorlar batareyasining texnik holatini tekshirishda qanday o‘lchov asboblari ishlatiladi?
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini aniqlash usullari.
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasi necha foiz bo‘lsa (qishda va yozda) uni albatta zaryadlash shart bo‘ladi?
Akkumulator plastinalari orasidagi qisqa tutashuv bor-yo‘qligi qanday aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |