Akkumulator plastinalar orasida qisqa tutashuv bor-yo„qligini aniqlash tartibi
Akkumulatorning elektr yurituvchi kuchini (EYUK) quyidagi empirik (tajriba yo’li bilan olingan) ifoda yordamida aniqlash mumkin:
E0 =0,84 + i2510-3 , V /2.3/
Bunda: E25 - elektrolitning 250S ga keltirilgan zichlik qiymati, kg/m3; E0 - akkumulatorning EYUK, V.
Lekin, akkumulatorning EYUK ni yetarli aniqlik bilan voltmetr bilan ham aniqlasa bo‗ladi, chunki:
UV =E0 - IV*A
Bunda: UV - voltmetr ko’rsatishi, V; IV - voltmetrda sarf qilinayotgan tok miqdori, A; RA - ak- kumulatorning ichki qarshiligi, oM. IV va RA kattaliklarning qiymati kichik bo’lganligi sababli IVRA ko’paytma 0 ga yaqin bo’ladi va voltmetr amalda E0 qiymatini ko’rsatadi, ya‘ni UV = E0 .
EYUK ning zichlik orqali hisoblangan qiymati bilan voltmetr yordamida o’lchangan qiymatini bir- biriga solishtirib akkumulator batareyasining plasti-nalari orasida qisqa tutashuv bor yo’qligini aniqlash mumkin:
agar UV > E0 bo‘lsa, akkumulator plastinalari orasida qisqa tutashuv yo‘qligidan dalolat beradi;
agar UV < E0 bo‘lsa, masalan uning qiymati 0,5-1,5 V bo’lsa, bu akkumulator plastinalari orasida qisman qisqa tutashuv borligining belgisidir;
agar UV =0 bo’lsa, akkumulator plastinalar orasida to’la qisqa tutashuv mavjud yoki zanjirda uzilish bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |