Akblariga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash tartibi
Download 113.73 Kb.
|
5 ATES
Akkumulatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash tartibiAkkumulatorning razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash usuli quyidagi bosqichlardan iborat: elektrolit zichligini mavjud temperaturada o‘lchash: elektrolit zichligini 250S ga keltirish: akkumulatorning razryadlanganlik darajasini hisoblash. Akkumulatorlardagi elektrolit zichligi odatda areometr (13.2-rasm) yoki zichlik o‘lchagich (13.3-rasm) bilan o‘lchanadi. O’lchash xatosi nisbatan kam bo‘lganligi sababli laboratoriya ishida areometr qo’llaniladi. Elektrolit zichligini o‘lchash uchun areometrning noksimon rezinali so‘rgichi siqiladi va uning shisha naychasi akkumulator bankasiga tushiriladi (13.4-rasm).So‘ngra asta-sekin so‘rgichni bo‘shatib, densimetr qalqib chiqqunga qadar pipetkaga elektrolit so‘riladi. Shundan keyin, trubkani akkumulatordan chiqarmasdan densimetrni daraja ko‘rsatkichidan elektrolitning mavjud tempera turadagi zichligi o‘lchanadi.
Bunda E25 - elektrolitning 250C ga keltirilgan zichligi, kg/m3 ; Eo‘lch- elektrolitning mavjud tempera- turada o‘lchangan zichligi, kg/m3 ; t - elektrolitning temperaturasi, 0C. Akkumulatorning razryadlanganlik darajasini zichlik orqali aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi: Bunda DR - akkumulatorning razryadlanganlik darajasi, % ; Etz - elektrolitning akkumulator to‘a zaryadlangan holdagi zichligi, kg/m3 ; Etr - elektrolitning akkumulator to‗la razryadlangan holdagi zichligi, kg/m3. O‘rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil bo‘yi Etz =1250.....1270 kg/m3, Etr = 1090....1110 kg/m3 qiymatlarga teng qilib olinadi. Razryadlanganlik darajasi qishda 25% dan, yozda 50% dan ortiq bo’lgan akkumulator batareyalari avtomobildan olinib zaryadga qo’yilishi shart. Download 113.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling