Акциз солиғининг моҳияти ва унинг ўзига хос хусусиятлари
III. BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI
Download 91.28 Kb.
|
Jismoniy shaxslar daroma
III. BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MAHALLIY SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINITAKOMILLASHTIRISH3.1. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy soliqlarga doirvakolatlarini oshirish masalalariIqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy hokimiyat organlarining soliq-byudjet huquqlarini oshirish ayni vaqtda dolzarbdir. Chunki, amalda mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishda asosiy manba sifatida namoyon bo’lmayapti. Mamlakatda samarali soliq siyosatini olib borishda mahalliy hokimiyat organlari alohida ahamiyat kasb etib, yagona soliq siyosatini yuritilishida, soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan boshqa majburiy to’lovlarning hududlar byudjetiga kelib tushishini ta’minlash bo’yicha vazifalarning bajarilishida ularning soliqlarga doir vakolatlarini kengaytirish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir sohada bo’lgani kabi davlat hokimiyati organlarining ham mustaqilligi ta’minlanadi. Shundan kelib chiqib respublikamizda mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligini ta’minlashdagi ahamiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar davom etar ekan, shunga mos ravishda ular vakolatlarini bosqichma-bosqich kenaytirib borish hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. Hozirgi sharoitda mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarini kengaytirish zarurati ularning mahalliy talab va ehtiyojlarni to’liqroq ravishda hisobga olish imkoniyatining mavjudligi bilan belgilanadi. Respublikamiz byudjet-soliq siyosatida mahalliy hokimiyat organlarining bu boradagi bir qator vakolatlari mavjud bo’lsada, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yondashganda ular etarli emas, ya’ni mahalliy hokimiyat organlari mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq bir qancha vakolatlarga ega bo’lib, ular o’zlarining hududida joylashgan soliq to’lovchilarga mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha qo’shimcha soliq imtiyozlarini belgilash, soliq stavkalarining miqdorini Qarorda belgilab qo’yilgan eng yuqori stavkalar doirasida belgilash kabi vakolatlarini sanab o’tishimiz mumkin. Mahalliy hokimiyatlar mahalliy soliqlar va yig’imlardan mol-mulk solig’i va yer solig’i bo’yicha mutlaq vakolatlarga ega emas, ular respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan mahalliy soliqlardir. Shuningdek, ayrim mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha, ya’ni obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning eng yuqori chegarasini Prezident qarorida belgilanishi mahalliy hokimiyat organlarining o’z daromadlarini mustahkamlash borasidagi vakolatlarini cheklaydi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining respublika qonunchiligi bilan joriy etiladigan mol-mulk solig’i bo’yicha ham birgina vakolati mavjud bo’lib, u ham bo’lsa, o’z hududida joylashgan soliq to’lovchilarga qo’shimcha imtiyozlar berishlari mumkin. Bu esa xuddi yuqorida qayd etganimizdek mahalliy hokimiyat organlarining soliq potentsialini mustahkamlash bo’yicha mutlaq vakolatini anglatmaydi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini umumdavlat soliqlari hisobiga shakllantirilishi ular xarajatlarini mahalliy byudjetlarning birlamchi daromad manbai hisoblangan mahalliy soliqlar va yig’imlar hisobiga moliyalashtirish imkoni yo’qligi bilan ifodalanadi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, mahalliy hokimiyat organlarining o’zlariga bevosita biriktirilgan mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha vakolatlarining cheklanganligi sharoitida, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar amalga oshirilishi ularda o’z daromadlari bazasini mustahkamlashdagi vakolatlarini yanada cheklab qo’ymoqda. Shunga qaramasdan mahalliy hokimiyat organlariga ajratmalar belgilangan umumdavlat soliqlari bo’yicha ham ayrim vakolatlar berilgan bo’lib, ular asosan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar daromad solig’i va alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy soliq bo’yicha Prezident qarorida eng yuqori va quyi chegaralari belgilangan bazaviy stavkalari darajasidan kelib chiqqan holda, o’z hududlari uchun ushbu chegaradan chiqib ketmagan holda ularning aniq stavkalarini belgilash vakolatlariga egadirlar. Shunday bo’lsada, mahalliy hokimiyat organlari daromadlarining asosini tashkil etadigan soliqlar va yig’imlar bo’yicha ular vakolatlarining cheklanganligi, qaysidir ma’noda mahalliy hokimiyat organlarining o’z daromadlarini mustahkamlashga doir qiziqishlarini cheklab qo’ymoqda. Shuning bilan birga mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning subventsiya berish tizimining mavjudligi ularni yuqori byudjetga tobeligini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahalliy hokimiyat organlarining erkinligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini to’liq ro’yobga chiqarish imkonini bermaydi. Qayd etish lozimki, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishning umumdavlat soliqlaridan ajratmalar belgilash va subventsiya tizimining mavjudligi, respublikamiz byudjet qonunchiligiga muvofiq belgilangan mahalliy byudjetlarda taqchillikka yo’l qo’yish mumkin emasligi bilan asoslanib, ushbu holat ham mahalliy hokimiyat organlarining boqimandaligini kuchaytirmoqda. Mahalliy soliqlar va yig’imlar hududlar byudjeti daromadlarining muhim manbai hisoblanadi, biroq amalda ularning asosiy daromadlaori umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobiga shakllantirilmoqda. Mahalliy byudjetning yuqori byudjetga tobe’ligi o’z navbatida, mahalliy soliq va yig’imlarni xarajatlarni qoplashga etmasligi va eng muhimi mahalliy hokimiyat organlarining soliq-byudjet huquqlarini cheklanishini isbotidir. Mavjud muammolardan kelib chiqqan holda mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar bo’yicha vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar olib borish respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishning muhim yo’nalishi qilib belgilanishi lozim. Bu bir tomondan mahalliy hokimiyat organlarining daromad bazasini mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan soliqlarning rag’batlantiruvchi funktsiyasini yanada kengaytirish imkonini beradi. Ma’lumki, davlat boshqaruvining hozirgi davrida soliqlar iqtisodiyotning rivojlanishini rag’batlantiruvchi asosiy vosita bo’lib hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat organlarining esa mahalliy shart-sharoitlarni to’liq hisobga olish imkoniyatining mavjudligi, ularning soliqlarga doir vakolatlarini kengaytirish bilan soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasini kuchaytirish mumkin. Mahalliy hokimiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy boshqarishdagi rolini kuchaytirish va mahalliy byudjetlar bazasini kengaytirish borasida quyidagilar amaliyotga tadbiq etilsa maqsadga muvofiq: Birinchidan, mahalliy hokimiyat idoralarining soliq yig’imlarini ko’paytirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va subventsiyalarni hamda boshqa moliyaviy yordam turlarini qisqartirish maqsadida rejadan ortiqcha tushgan soliq miqdorini taqsimlash mexanizmini qayta ko’rib chiqish asosida takomillashtirish zarur. Chunki hozirgi vaqtda rejadan ortiq tushumlar respublika va mahalliy byudjetlarning joriy ehtiyojlaridan kelib chiqib, tizimlanmagan usulda taqsimlanmoqda. Agar yagona barqaror me’yorlar joriy etilsa, subventsiyalarga bo’lgan ehtiyojni keyinchaliq soliq tushumlarining oshishi bilan qoplashga istiqbolli imkoniyat yaratilar edi. Ikkinchidan, mahalliy byudjetlar daromad bazasini yanada mustahkamlashda ularga to’g’ridan-to’g’ri kelib tushadigan soliqlarni hisoblanish usuli va imtiyozlarini qayta ko’rib chiqib, yanada takomillashtirish muhimdir. Hozirda hududlarning joylashgan georafik va iqtisodiy holatlarini inobatga olib belgilangan stavkalar bizningcha, bir oz nomutanosibdir. Qolaversa, tabiiy resurslarga bo’lgan soliq imtiyozlarini qisqartirish va asosiy soliq yukini bu soliqlarga yuklash xom-ashyo va materiallarni oqilona va tejamkorlik bilan ishlatishga olib keladi. Uchinchidan, bundan tashqari tartibga soluvchi soliqlarni yagona, barqaror me’yorlar asosida 5 yilga qat’iy belgilab qo’yish lozim, bu boqimandalikni bartaraf qilishda va mahalliy hokimiyat idoralarining soliq yig’ishdan manfaatdorligini oshirishda hamda soliq bazasini kengaytirishda ijobiy samarasini beradi. O’zbekistonda so’nggi yillarda soliq tizimini takomillashtirishda resurs soliqlariga ustuvor ahamiyat qaratilishiga qaramasdan, amaldagi soliqlar tizimining tabiiy resurslardan samarali foydalanishni rag’batlantirishga ta’siri unchalik sezilmayapti. Buning asosiy sabablarini amaldagi tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlar mexanizmidagi muammolarning mavjudligi va soliqlarning rag’batlantiruvchi roli hamda ularning tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga bo’lgan ta’sirchanligi etarli darajada emasligi bilan izohlash mumkin. Shu bois, respublikada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali foydalanishini soliqlar vositasida rag’batlantirish, ularning ahamiyatini oshirishga doir masalalar dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu borada ham mahalliy hokimiyatlarning vakolatlarini oshirish ayni muddaodir. Yuridik va jismoniy shaxslarning mahalliy byudjetlar xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog’liq homiylik yordamlari summasini muayyan soliq turlari bo’yicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirish tizimini joriy etish lozim. 3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahalliy soliqlarni undirish va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini oshirish masalalariIqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat soliq siyosatini isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi islohotlar natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovini 5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar rolini oshirishning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida ularning shu jarayondagi salmog’ini oshirish e’tirof etilgan va unga, bir tomondan, soliqqa tortish bazasini kengaytirish va ikkinchi tomondan, tegishli mahalliy soliqlarning stavkalarini o’zgartirish orkali erishish ko’zda tutilgan. Ana shunday yo’nalishlardan biri mahalliy soliklarning undirish mexanizmini takomillashtirish orqali ularning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi rolini oshirish hisoblanishi kerak. Hozirgi sharoitda va yaqin kelajakda byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirish muammosi fakat ularning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi salmog’ini oshirish orqali emas, balki mahalliy soliqlarning undirish mexanizmini takomillashtirish - ularning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi rolini oshirish yo’nalishi sifatida e’tirof etilmog’i lozim ekanligini to’liq tasdiqlaydi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirish masalasi, asoslangan yo’nalish sifatida, mahalliy soliqlarning undirish mexanizmini takomillashtirish orqali hal etilar ekan, u holda bu borada quyidagilarning amalga oshirilishiga e’tibor bermoq lozim: byudjetga tegishli bo’lgan mahalliy soliqlarni huquqiy jihatdan to’g’ri rasmiylashtirish va bunga tegishli bo’lgan amaliyotdagi ayrim masalalarga aniqliklar kiritish; mahalliy soliqlar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibini belgilash va keyingi yillardagi respublikamizda soliqqa tortish amaliyotidaga o’zgarishlarni inobatga olgan holda tegishli o’zgartirishlarni amalga oshirish; byudjetdan qilinadigan xarajatlarning o’z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini yil davomida tekis taqsimlash, pulning davriy qiymati va inflyatsiya omillarini hisobga olgan holda mahalliy soliqlarning byudjetga o’tkazish tartibiga, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga binoan, ba’zi bir o’zgartirishlarni joriy etish; byudjetga mahalliy soliklarni to’lovchilarnining to’liq hisobga olinishiga erishish; byudjetga mahalliy soliqlarni to’lovchilarning javobgarligini aniq belgilash, ularni ma’lum darajada, ya’ni ta’sirchan darajada keskinlashtirish, bunda soliq to’lovlarining, jumladan, mahalliy soliq to’lovlarining ham birinchi darajali to’lov ekanligiga jiddiy e’tibor berish; byudjetga mahalliy soliqlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish orqali hisoblangan va to’lash muddati etib kelgan mahalliy soliqlarning o’z vaqtida va belgilangan summalarda to’liq to’lanashiga erishish; byudjetga mahalliy soliqlarni undirishda soliq organlarining hukuq va majburiyatlarini yanada aniq belgilash va ularning ta’sirchanligini ta’minlash; byudjetga mahalliy soliqlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini qo’lga kiritish va boshqalar. Byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliklar rolini oshirish O’zbekiston iqtisodiyotidagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda fqyidagi ikki asosiy yo’nalishda amalga oshirilmog’i lozim: byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar salmog’ini (hissasini) oshirish; mahalliy soliqlarni byudjetga undirish mexanizmini takomillashtirish. Hozirgi vaqtda byudjet daromadlarini va ayniqsa, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar salmog’ini oshirishning zarurligi, eng avvalo, ushbu salmoqning nisbatan pastligi, shunga qaramasdan byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar salmog’ining mamlakatimizda oshayotganligi, ana shu tendentsiyani davom ettirishning zarurligi va ma’lum ma’noda, amaliyotda shunday siyosatning hayotga tatbiq etilayotganligi, shunday bo’lishiga qaramasdan, byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar salmog’ini oshirish imkoniyatlaridan mamlakatimiz amaliyotida etarli darajada foydalanilmasdan kelinayotganligi, respublikamizdagi mavjud 14 ta ma’muriy hududlarning 7 tasida byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning salmog’i shu ko’rsatkichning respublikadagi o’rtacha darajasidan birmuncha pastligi, respublikamiz ma’muriy hududlarning hammasida emas, aksincha ularning faqat ayrimlarida byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirish borasida qat’iylik bilan izchil siyosat olib borilganligi, qolganlarida esa bunday siyosatning amalga oshirilmaganligi oqibatida vujudga kelgan tendentsiyaning respublikamizdagi umumiy tendentsiyaga mos tushmayotganligi va hatto, ularning ayrimlari uchun esa teskari tendentsiyaning xos ekanligi, byudjetdan va ayniqsa, mahalliy byudjetlardan xarajatlarni o’z vaqtida moliyalashtirishning zarurligi, ushbu masalaga nisbatan ilg’or xorij tajribasining mavjudligi va boshqalar bilan izohlanadi. Hozirgi sharoitda va yaqin kelajakda byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlar salmog’ini oshirish masalasini hal etishning bir necha yo’nalishlari mavjud bo’lishiga qaramasdan, ularni quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: mahalliy soliqlarga tegishli bo’lgan soliqqa tortish bazasini kengaytirish. Jumladan, barcha jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mol-mulklarning inventarizatsion qiymatini aniqlanishiga to’liq erishish va shunga mos ravishda ularni soliqqa tortishdagi qmol-mulkning shartli kiymatiqdan foydalanish amaliyotiga chek qo’yish; jismoniy shaxslar mol-mulki qiymatining inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda qayta baholanishiga erishish va ularning haqikiy bozor bahosini aniqlash va boshqalar. mahalliy soliqlarga tegishli bo’lgan soliq stavkalarini o’zgartirish. Xususan, daromad olishda bevosita ishtirok etadigan mol-mulkka nisbatan faqat unga tegishli sharoitlarni yaratishga xizmat qiladigan mol-mulk uchun olinadigan soliqning stavkasi birinchisiga nisbatan yuqoriroq bo’lmog’i lozim; jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasini aholining daromadlari, uning to’lov qobiliyati, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkdan qanday foydalanayotganligi va uning samaradorligi nuqtai-nazarlaridan qayta ko’rib chiqish; byudjet va ayniqsa, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning rolini oshirish masalasini noan’anaviy yo’llardan foydalangan holda hal etishga urinish. Byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirishga asoslangan yo’nalish sifatida, mahalliy soliqlarning undirish mexanizmini takomillashtirish orqali hal etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: byudjetga tegishli bo’lgan mahalliy soliqlarni huquqiy jihatdan to’g’ri rasmiylashtirish va bunga tegishli bo’lgan amaliyotdagi ayrim masalalarga aniqliklar kiritish; mahalliy soliqlar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibini belgilash va keyingi yillardagi respublikamizda soliqqa tortish amaliyotidagi o’zgarishlarni inobatga olgan holda tegishli o’zgartirishlarni amalga oshirish; byudjet xarajatlarini o’z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini yil davomida tekis taqsimlash, pulning davriy qiymati va inflyatsiya omillarini hisobga olgan holda mahalliy soliqlarning byudjetga o’tkazish tartibiga, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga binoan, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish; byudjetga mahalliy soliqlarni to’lovchilarnining to’liq hisobga olinishiga erishish; byudjetga mahalliy soliqlarni to’lovchilarning javobgarligini aniq belgilash, ularni ma’lum darajada, ya’ni ta’sirchan darajada keskinlashtirish, bunda soliq to’lovlarining, jumladan, mahalliy soliq to’lovlarining ham birinchi darajali to’lov ekanligiga jiddiy e’tibor berish; byudjetga mahalliy soliqlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish orqali hisoblangan va to’lash muddati etib kelgan mahalliy soliqlarning o’z vaqtida va belgilangan summalarda to’liq to’lanashiga erishish; byudjetga mahalliy soliqlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlarini yanada aniq belgilash va ularning ta’sirchanligini ta’minlash va boshqalar. Mamlakat iqtisodiyotining turli hududlar taraqqiyoti yaxlitligining umumiy holatiga asoslanishi esa soliq tizimidagi islohotlarni hududlar miqyosida amalga oshirishning afzalligi yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsion faollikni yanada jonlantirish, ijtimoiyiqtisodiy farovonlikni oshirishda soliqlarning o’rni juda muhim hisoblanadi. Shu sababdan ham har bir hududning o’ziga xos shart-sharoitlari, mavjud barcha imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har birida o’ziga xos tarzdagi soliq siyosatini amalga oshirishga doir alohida tadbirlarni qo’llash mexanizmining yaxlit, mukammal va mustahkam tizimini yaratish bugungi sharoitda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar tarkibida etakchi o’ringa ko’tarilgan. Byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning rolini oshirish masalasini ularning undirish mexanizmini takomillashtirish orqali hal etishda, xususan, nisbatan kam va aksincha, nisbatan katta miqdordagi mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar uchun joriy to’lovlarni to’lash muddatini, mos ravishda, o’zgartirish, shu masalada norezidentlar va rezidentlarga nisbatan yondoshuvning bir xilligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 91.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling