Akobir o’lmasov 4-mavzu: XIV asrdan va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Seminar savollari


Fan, madaniyat, maorif soxalarida o‘zbekiston fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar haqida fikr bildiring?


Download 102.99 Kb.
bet8/12
Sana20.06.2023
Hajmi102.99 Kb.
#1631302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
psix 4 akobir(1)

15. Fan, madaniyat, maorif soxalarida o‘zbekiston fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar haqida fikr bildiring?

O‘zbek fan axlining urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarining


yunalishlari front va xalq xo‘jaligi talablari hamda manfaatlariga moslashtirildiBu boradagi ilmiy va tashkiliy ishlarni muvofiklashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FA O‘zbekistan filiali (O‘zFA) va keyinrok, 1943 yil 4 noyabrda uning asosida tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N.Qori-Niyoziy saylandi.
Fanlar akademiyasining tashkil etilishi o‘zbek xalqi xayotida muxim tarixiy
voqea bo‘ldi. Bu akademiya O‘zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo‘lib
qoldi. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi. Bu davrda taniqi matematik olimlar T.N.Qori-Niyoziy,
T.A.Sarimsoqov, geolog-olimlar H. Abdullayev, faylasuf I.Mo‘minov, kimyogar 
olimlar O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, energetik A.N.Askochenskiy va boshqalar
samarali izlanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud bo‘lib, ularda 818 ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat 
ko‘rsatdilar. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk va boshqa
shaharlardan ko‘chirib kelingan olimlar o‘zbekiston olimlari bilan mahkam 
aloqada ish olib bordilar. Ularning birgalikdagi sa‘y-xarakatlari ilm-fan yuto‘qlarini front extiyojlari uchun xizmat qildirishga qaratilgan edi. 
Matematika, fizika, mexaniqa, energetika hamda boshqa mavjud fanlar sohasidagi olim va ilmiy xodimlarning izlanishlari metalni qayta ishlash, mashinasozlik va mudofa sanoati bosh tarmoqlarining rivojlanishini ta‘minladi.
Respublika olimlari artilleriya aslohasini mustahkamlash,jangovar samolyotlarning yuk ko‘tarish salohiyatini oshirish, mavjud harbiy texnika yaxshilash va yangi turlarini yaratish kabi eng dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar. 
Urush asoratlari umumta‘lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta‘sir qildi: o‘qituvchilarning xarbiy xizmatga chaqirilib, frontga yuborilishi oqibatida 
ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o‘z navbatida maktablar sonining qisqarishiga olib keldi. Faqat 1942-43 o‘quv yilida respublikada 200 ta boshlang‘ich va
o‘nlab o‘rta maktablar faoliyati tuhtatildi; turli sabablarga ko‘ra o‘quvchilarning maktabdan ketib qolishi, maktab yoshidagi bolalarning o‘qishga jalb etilmasligi tufayli o‘quvchilarning soni tobora kamayib bordi. 360 ta maktab binosi respublikaga ko‘chirilgan xarbiy qismlar, kasalxonalar va shu kabilarga berildi. Mavjud maktablarni yoqilg‘i bilan ta‘minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari, darslik va ko‘rgazmali qurollar yetishmas, o‘quvchilarni kiyim-kechak va poyabzal
bilan ta‘minlash og‘ir bo‘lib qolgandi. Bular hammasi maktab ishida o‘zining sezilarli izini qoldirdi o‘zlashtirish foizi pasayib ketdi. 



Download 102.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling