3. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar sulolasi davrida qanday madaniy - ma’rifiy maskanlar barpo etildi, tarixiy obidalarni izohlang?
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga havas kuchaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilmma’rifat markaziga aylandi. Amir Temur saltanatni bino qilish va uni mustahkamlash uchun juda katta xizmat qildi. Ana shunday buyuk xizmatlaridan eng muhimi mamlakatda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. Chunki uning e’tiqodiga ko’ra bilimdon va tadbirkor insongina mamlkatning rivojlanishiga hissa qo’sha oladi. Shuning uchun ham sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta e’tibor beradi.
4. Amir Temur o‘zi amal qilgan sifatlar qanday edi va ularni izohlang?
Amir Temurning amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo’ldoshi Saroymulkxonim, nabirasi Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar. Madrasalar ma’lum darajada ixtisoslashgan edi. Masalan, boshqaruv kadrlarni tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasi, umumiy mutaxassislar, ya’ni ziyoli, imom, olim, maktab o’qituvchisi tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan. Lekin ularning hammasida Qur’on, Hadis, fiqh o’rganilgan. Shuningdek madrasalarning ixtisosligiga ko’ra umumi aqliya, umumi askariya, umumi ma’muriyalar ham o’rgatilgani haqida ma’lumotlar bor. Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy (o’zbek) tillarida olib borilgan. Arab tili grammatikasini o’rgatishga ko’proq vaqt ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |