Akobir o’lmasov 4-mavzu: XIV asrdan va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Seminar savollari


Download 102.99 Kb.
bet1/12
Sana20.06.2023
Hajmi102.99 Kb.
#1631302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
psix 4 akobir(1)


AKOBIR O’LMASOV



AKOBIR O’LMASOV

4-MAVZU: XIV ASRDAN VA XX ASRNING 90-YILLARIGACHA BO‘LGAN DAVRDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR.
Seminar savollari:
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda fan, madaniyat va maorif taraqqiyoti qay darajada edi?


XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyot Qariyb bir yarim asr davomida mo’g’ullar istibdodi ostida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo’g’ul istilochilari zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’oldi, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri va XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egallaydi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi
2. Nima sababdan XIV asrning ikkinchi yarmi - XVII asrlar Sharq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyiladi?


Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi. Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o’z tamoyillari, yo’nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX-XII asr madaniyatining davomi sanaladi. Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg’onish davri madaniy ravnaqini IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko’rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o’sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi.



Download 102.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling