Akobir o’lmasov 4-mavzu: XIV asrdan va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Seminar savollari


Ulug‘bek Akademiyasi (“Dorul-ilm”) va undagi ta’lim tizimini izohlang?


Download 102.99 Kb.
bet3/12
Sana20.06.2023
Hajmi102.99 Kb.
#1631302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
psix 4 akobir(1)

5. Ulug‘bek Akademiyasi (“Dorul-ilm”) va undagi ta’lim tizimini izohlang?


«Akademiya» atamasi yangi emas. Akademiya ba'zi ilmiy va o'quv tashkilotlarining nomi. Fan tarixida akademiyalar juda ko'plab tuzilgan. Masalan, qadimgi yunon faylasufi va matematigi Aflotun ((Platon) eradan oldingi 429-348 yillarda yashagan) akademiya tashkil qilgan va bu akademiyaning
peshtoqiga « Bu yerga geometriyani bilmaganlar kirmasin» deb yozdirib qo'ygan. «Akademiya» atamasi afsonaviy qahramon Akadema nomidan hosil
qilingan. Uning nomi bilan Afina yaqinidagi bir shahar ham Akademiya deb atalgan. Keyingi akademiya arab xalifaligi davrida tashkil topgan, uni xalifa alMa'mun (813-833) Bag'dodda tashkil etgan.
U arablarda «Baytul hikma», ya'ni «Hikmatlar uyi» deb atalgan. Manbalarni
guvohlik berishicha bu akademiya qoshida boy kutubxona, yaxshigina jihozlangan rasadxona bo'lgan. Bu akademiyada juda ko'plab yo'nalishlar bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan: akademiya olimlar qadimgi yunon olimlarining 
tabiiy va boshqa fanlarga doir ilmiy ishlarini arab tiliga tarjima qilishgan va bu asarlarga sharhlar yozgan. Rasadxonada esa sayyoralar va qo'zg'almas
yulduzlar kuzatilgan. Yer meridiani bir darajasining uzunligini hisoblash bo'yicha xalifalik sahrolariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan.
6. “Ziji Ko‘ragoniy” asari va uning mohiyati nimada?


Ulug'bek akademiyasining muhim ishlaridan biri «Ulug'bek ziji», «zij»-forscha «zik» so'zidan olingan va u «jadval» degan ma'noni beradi. Zijni fors tilida yozishgan. U kirish, nazariy (bu qism qoida sifatida beriladi, unda isbot bo'lmaydi), rasadxonada o'tkazilgan kuzatishlar asosida tuzilgan jalvallardan iborat. Ular yil hisobi, trigonometrik jadvallar, sayyoralar jadvali (ular beshta-Venera (Zuhro), Merkuriy (Utorud), Mars (Mirrix),Yupiter (Mushtariy) va 
Saturn (Suhayl)) va yulduzlar katalogini o'z ichiga oladi. Yil hisobi tarix va astronomiya uchun juda muhim, shu sababli zijdan hijriy, yunon, Yezdigard eralari, ularni hisoblash usullari, bu eralar orasidagi munosabatlar, Malikshoh erasi, Xitoy va Uyg'ur eralari o'rin olgan.
Yil hisobida kabisa yilini topish masalasi qaralgan. Zijda ko'rsatilishicha, har 30 yilga 11 ta kabisa yili to'g'ri keladi. 
Trigonometrik jadvallar 10 ta o'nli xona aniqligida hisoblangan, bu o'sha davr uchun juda yuqori aniqlik. Shu sababli Ulug'bek akademiyasida hisoblash markazi bo'lgan, unda bir necha hisobchi hisoblashning turli vositalaridan foydalanib hisoblash ishlari olib borishgan degan faraz qilishimiz mumkin. Jadval bir mi-nutdan oralatib tuzilgan. Ular sinuslar va tangenslar jadvallari. Ular bir darajasinusini hisoblashga ko'ra tuzilgan. Ulug'bekning bir daraja sinusini hisoblash-
ga doir maxsus risolasi bo'lgan, ammo bu risola bizgacha yetib kelmagan.
Buhaqda «Ulug'bek ziji»ning sharhlovchisi Husan Birjandiy xabar beradi. 

Download 102.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling