Akobir o’lmasov 4-mavzu: XIV asrdan va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Seminar savollari


O‘zbekistonda qachon majburiy yetti yillik ta’lim amalga oshirildi?


Download 102.99 Kb.
bet7/12
Sana20.06.2023
Hajmi102.99 Kb.
#1631302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
psix 4 akobir(1)

13. O‘zbekistonda qachon majburiy yetti yillik ta’lim amalga oshirildi?


Yetti yillik maktab - toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan 7 yillik umumiy taʼlim maktabi. Oʻzbekistonda 1926/27 oʻquv yilidan ochila boshlagan (bungacha faqat rus maktablari boʻlgan). 1928/29 oʻquv yili Oʻzbekistonda 107 Ye.y.m. boʻlib (jumladan 47 rus maktabi) ularda 43 ming oʻquvchi oʻqigan. Bu maktablarni bitirish 1930 y.dan boshlangan. "Boshlangʻich va oʻrta maktab tizimi haqida"gi qaror (1934 y. 15 may) asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich (1—4 sinf), toʻliqsiz oʻrta (1—7 sinf) va oʻrta (1 — 10 sinf) maktab turlariga ajratilgan. Shuningdek, 1934/35 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich 7 y.lik majburiy politexnika taʼlimi ham joriy qilingan. 1934/ 35 oʻquv yilidan yirik shaharlarda, 1937/38 oʻquv yilidan qishloq joylarda amalga oshirilgan. Ye.y.m.larni tu-gatganlar umumiy oʻrta maʼlumot olish yoki oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻlganlar. 1958 y.dan 8 y.lik umumiy majburiy taʼlim joriy qilinishi munosabati bilan Ye.y.m.lar sakkiz yillik maktablarta aylantirilgan.
14. Sakkiz yillik majburiy ta’limga qachon o‘tildi?


Sakkiz yillik maktab - toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan umumiy taʼlim maktabi. Tayanch maktab deb yuritilgan bu oʻquv muassasalari 1958 yildan yetti yillik maktab oʻrnida tashkil etilgan. Oʻzbekistonda yetti yillik umumiy majburiy taʼlimdan sakkiz yillik umumiy majburiy taʼlimga oʻtish 1959/60 oʻquv yilida boshlanib, 1962/ 63 oʻquv yilida toʻliqtugallangan. Sakkiz yillik maktabm. 7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasini uyushtiruvchi oʻquvtarbiyaviy maskan hisoblangan. Ularda oʻquvtarbiyaviy ishlar mehnat tarbiyasi va amaliyot bilan bogʻliq holda olib borilgan. Sakkiz yillik maktabm.ni bitirgan oʻquvchi sakkiz yillik maʼlumot olganligi toʻgʻrisida shahodatnomaga ega boʻlgan. Bu shahodatnoma umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9sinfiga, oʻrta maxsus hamda hunartexnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqini bergan. 1984 yildan umumiy oʻrta taʼlim maktablarita aylantirilgan.

Download 102.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling