Akobir o’lmasov 4-mavzu: XIV asrdan va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Seminar savollari
Boburning “Boburnoma” asari va uning didaktik mohiyatini yoritib bering.Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlarining ahamiyati nimada?
Download 102.99 Kb.
|
psix 4 akobir(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Turkiston diniy-tarbiyaviy muassasalarining an’anaviy tizimi
7. Boburning “Boburnoma” asari va uning didaktik mohiyatini yoritib bering.Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlarining ahamiyati nimada?
Muallif o’z asarida voqealar bilan cheklanmaydi, albatta, balki ularning ishtirokchilariga, markaziy qahramonlariga ham keng o’rin beradi. Natijada biz bobur zamonida yashagan va tariximiz, ma’naviyatimizda muhim mavqega ega bo’lgan davlat va madaniyat arboblari bilan birga ham tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Dastlab o’sha yilda yuz bergan muhim voqea bayon qilinadi. Masalan, dastlabki 1494-yil voqealarini himoya qilganda, Bobur, avvalo o’zining “Tangri inoyati bilan Farg’ona viloyatida 12 yoshda podshoh bo’l” gani haqida xabar beriladi va Farg’ona viloyati bilan tanishtiradi. So’ng voqea tafsilotiga, tog’asi va amakisi Andijonga qo’shin tortib kelgani va otasining tasodif bilan fojiona halok bo’lgani voqealariga to’xtab, uning bosh ishtirokchilari, birinchi navbatda, otasi Umarshayx haqida ma’lumot beradi. Chunonchi, uning tug’ilgan yili, nasl-nasabi, shaklu shamoyili, xulq-atvori, urushlari, viloyati, avlodi, xotinlari, umarosi haqida to’xtaydi. So’ng voqeaning ikkinchi – O’ratepada kasallanib vafot etgan amakisi Sulton Ahmad haqida xuddi o’sha tarzda ma’lumot keltiradi. Shunday qilib, kitobda Husayn Boyqaro, Shaybonixon, Badiuzzamon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud kabi o’zlab taxt egalari, Alisher Navoiy, Muhammad Solih. Kamoliddin Binoiy, Behzod, Mirak naqqosh, Husayn Udiy singari adabiyot va san’at arboblar haqida qimmatli ma’lumotlar va mulohazalar keltirilgan. 8. Turkiston diniy-tarbiyaviy muassasalarining an’anaviy tizimi? XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi. SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi. «CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan. Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan. Download 102.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling