Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva
Download 3.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Отформатировано
- Отформатировано ... Отформатировано ... Отформатировано ... Отформатировано
Отформатировано: Отступ: Перед: 0 см, Первая
строка: 1 см, маркированный + Уровень: 1 + Выровнять по: 1,25 см + Отступ: 1,88 см, Поз.табуляции: 1,25 см, по левому краю + нет в 1,5 см + 3,25 см + 4,58 см 120 Auditorlik faoliyati boshqaruvi bo’yicha Belarus Respublikasi qonunchiligida o’rnatilgan tartib shart va talablariga rioya qilish . Bank sohasida auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya berish , uzaytirish , to’xtatish va bekor qilish to’g’risida 02.07.03 dagi Milliy bankning №123 qarorida belgilab qo’yilgan . Moliya vazirligi malaka sertifikatini jismoniy shaxslarga imtihondan so’ng , yuridik shaxslarga esa suhbat o’tkazilganidan so’ng beradi . Birinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi : Buxgalteriya hisobi va hisobot , xo’jalik faoliyati tahlili , tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyasi , qimmatli qog’ozlar va qimmatli qog’ozlar bozori , soliq va boshqa majburiy to’lovlar , davlatning maqsadli byudjet fondi . Ikkinchi imtihonda quyidagi sohalar qamrab olinadi : Belarus Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solish , auditorlik faoliyati qoidalari , auditorlik tekshiruvi o’tkazish va auditorlik xizmati ko’rsatish metodikasi , mehnat va mulk munosabatlari boshqaruvining huquqiy asoslari , davlat mulkini xususiylashtirish , mulklarni baholash . 6.4. Ozarbayjonda auditorlik faoliyati Ozarbayjon Respublikasida auditorlik faoliyati zaruriy me’yoriy - huquqiy hujjatlar bazasida shakllantirilgan . 1994 yil 16 sentyabrda “ Auditorlik xizmati to’g’risida ” gi Ozarbayjon Respublikasi qonuni qabul qilindi , shu bilan milliy audit vujudga kelish va shakllanish jarayoni faollashdi . Bugungi kunda Ozarbayjonda audit o’tkazish va tashkil etish bo’yicha audit bazasining huquqiy tizimi Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasida , Ozarbayjon Respublikasi qonunlarida , Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti farmonlarida , Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida , Ozarbayjon Respublikasi Parlamenti qarorlarida , milliy audit standartlarida , shu bilan birga auditorlar professional etikasi va ichki hujjatlarda aks etadi . Auditorlik xizmati faoliyati davlat boshqaruvini Ozarbayjonda qonunchilikka muvofiq 1996 yil 4 apreldan o’z faoliyatini boshlagan Auditorlar Palatasi amalga oshirmoqda . Shu vaqtgacha Auditorlar Palatasi davlatda auditorlik faoliyati Отформатировано: По центру, Отступ: Первая строка: 0 см 121 boshqaruvini aniq belgilovchi 43 milliy audit standartlarini va 30 dan ortiq me’yoriy - huquqiy hujjatlarni tayyorladi va qabul qildi , mutaxassislarni doimiy o’qitishni olib boradi va auditor sertifikatini olish uchun imtihonlar o’tkazadi , auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar , mahalliy va xorijiy shaxslarga litsenziya berish bilan shug’ullanadi . Ozarbayjon Respublikasida mazkur faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida ichki audit me’yorlari va standartlarini mukammallashtirish va qayta ko’rib chiqish , ichki auditorlar manfaatlarini himoya qilish va kasbiy mustaqilligini ta’minlash , ularning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida 1999 yil 26 iyunda Ozarbayjon Auditorlar palatasining murojaati asosida xalqaro ichki auditorlar Instituti boshqaruv kengashi qarori bilan MDH mintaqasida birinchilardan bo’lib “ Ozarbayjon - Audit ” nomi ostida Institut bo’limi tashkil etildi . 2001 yil Ozarbayjon davlat auditida amaliy harakatlarning boshlanishi bilan belgilanadi . 7 dekabrda Milliy Majlis qarori bilan “ Hisob palatasi to’g’risida ” gi qonunda ko’zda tutilgan etti auditordan to’rttasi Hisob palatasi boshlig’i o’rinbosari etib tayinlandi . 2002 yil boshlanishidan vujudga kelgan huquqiy sharoit natijasida auditorlar Palatasi to’laqonli oliy davlat moliyaviy nazorat organi bo’ldi . 1996-2007 yillarda Auditorlar palatasining bevosita qatnashuvi bilan “ Auditorlik xizmati to’g’risida ” gi qonun va “ Ozarbayjon Respublikasi auditorlar palatasi to’g’risida ” gi qarorga , shu va boshqa qonunchilik hujjatlariga turli xil xarakterdagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi . 1994 yilda qabul qilingandan so’ng o’zining huquqiy asoslarini topgan , asosida milliy auditorlik qonunchiligi tamoyillari yotuvchi “ Auditorlik xizmati to’g’risida ” gi qonun va 25 dan ortiq qonun va kodekslar shu bilan birga davlat prezidenti tomonidan imzolangan buyruq va qarorlarda (15 ga yaqin ) iqtisodiyotda auditni tadbiq qilish zaruriyati va amal qilish sohasi kengayishi tufayli o’zgartirishlar kiritildi . Auditorlar Palatasi mustaqil moliyaviy organ hisoblanadi , auditorlik xizmati rivojlanishi va davlat boshqaruvini tashkillashtirishni amalga oshiradi , mulkdorlarning mulkiy huquqini , davlat manfaatlarini , xo’jalik sub’ektlari va 122 auditorlar huquqlarini himoya qiladi , respublika qonunchilik hujjatlarining ishlab chiqilishini , mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlarining o’z faoliyat talablariga rioya qilishini nazorat qiladi . Palata qonunchilik va ijro hukumatiga hisobot beruvchi tashkilot emas . Bugungi kunda auditorlar Palatasining asosiy vazifasi respublikada auditorlik faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi . Auditorlar Palatasi bajaradigan majburiyatlarga quyidagilar kiradi : - Litsenziya berishda imtihonlar o’tkazish qoidalari va belgilangan imtihon hay’ati tarkibini tasdiqlash va qayta ko’rib chiqish ; - Auditorlik tashkilotlari va mustaqil auditorlarga litsenziya berish va ularning ishlari ustidan nazoratni amalga oshirish ; - Audit o’tkazish bo’yicha standartlar , yo’riqnomalar , takliflar va metodik ko’rsatmalar tayyorlash ; - Takroriy auditorlik nazoratini o’tkazish ; - Xo’jalik sub’ektlari mulklari qoshida xususiylashtirish baholarining ishonchliligi to’g’risida auditorlik xulosasini berish ; - Auditorlik xizmatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlash . Auditorlar palatasi mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari o’tkazadigan audit sifatini tekshiradi . Mustaqil auditorlar va auditorlik tashkilotlari va ularning buyurtmachilari o’rtasidagi turli xarakterdagi bahslarni ko’rib chiqadi ; Palata vakolatiga kiruvchi ba’zi auditorlik masalalarini hal qiladi ; audit masalalari bo’yicha xorijiy davlatlarda Ozarbayjon Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi . Tashqi nazorat ikki yo’nalishda amalga oshiriladi : ichki sifat nazorati auditi tizimini baholash ; auditorlar o’tkazadigan audit sifatini nazorat qilish . Tashqi auditni amalga oshiruvchi uslub va yo’nalishlarni Hisob Palatasi va Auditorlar palatasi tasdiqlagan dasturlar va qo’llanmalar bilan boshqariladi . Takroriy auditni Hisob Palatasi va Ozarbayjon Respublikasi Auditorlar Palatasi yoki xo’jalik sub’ektlari talabi bo’yicha ularga vakillik qiluvchi auditorlar ; Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi tashabbusi bilan amalga oshiriladi . Takroriy Отформатировано ... Отформатировано ... Отформатировано ... Отформатировано ... 123 auditni oldin audit o’tkazgan auditor amalga oshirishi mumkin emas , lekin zaruriyat yuzasidan ular ham bu maqsadga jalb etilishi mumkin . Yuqori sifatli audit o’tkazishni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat : Malakali auditorlarni professional darajada tayyorlash ; auditorlik tashkilotlarida samarali nazorat sifati tizimini tayyorlash va qabul qilish ; tashqi nazorat tizimining mavjudligi . Auditor audit dasturi va rejasini tuzmagan , ishchi va yakuniy hujjatlar bo’lmagan hollarda audit o’tkazish sifatsiz bo’lishi mumkin . Ba’zi hollarda ikki yil ichida tashqi nazorat sifatini ketma - ket bitta auditorga o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi . Munozaralarni hal etish maqsadida , qaror qabul qilish jarayonida yuzaga keluvchi xato va kamchiliklar , moliyaviy - xo’jalik faoliyatini tekshirishda namoyon bo’luvchi va auditorlik xizmatini ko’rsatish davomida audit sifatini o’zida mujassam qilgan , Auditorlar palatasida auditorlik kasbiy etikasi bo’yicha komissiya qarorlar qabul qilgan . Mazkur Komissiya baholash sifatida ob’ektivlikni ta’minlovchi auditorlik kasbi vakillaridan tashkil topadi . Shu tarzda Hisob Palatasi va Auditorlar Palatasi auditorlar javobgarligi darajasi va sifatsiz ishlar bo’yicha da’volarga barham beradi va auditorlar javobgarligi doirasida bahsli masalalarni bartaraf qiladi ; zaruriy hollarda intizomiy komissiyaga sanktsiya qo’yiladi ; Ozarbayjon Respublikasi qonunchilik hujjatlari va audit standartlariga muvofiq keluvchi nazorat qilinayotgan va nazorat qilinadigan talablarga rioya qilinishiga to’g’ri baho berish ; sifat nazorati doirasida tekshiruvni ob’ektivligini ta’minlash . Auditorlar palatasi o’z vazifalari va majburiyatlarini o’n etti xodimdan va turli kasbdagi komissiyadan iborat apparat yordamida bajaradi . Uning tarkibini asosini esa asosan auditorlik faoliyati vakillari tashkil etadi . Bugungi kunda Palataga 50 mustaqil auditor , 36 mahalliy auditorlik tashkiloti , shu bilan birga besh xorijiy auditorlik tashkiloti vakili va filiallari kiradi . Ozarbayjon Respublikasi auditorlar Palatasi beshta xalqaro va mintaqaviy auditorlik tashkiloti (“ Evroosiyo ” auditorlar va buxgalterlar mintaqaviy federatsiyasi , Ukraina ; Ichki auditorlar Xalqaro Instituti (IIA), Kvebek , Kanada ; Download 3.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling