Ал-хоразмий номидаги


Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir mahsulotlar


Download 0.84 Mb.
bet21/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir mahsulotlar (yoki hisob-kitoblar va har xil passivlar)ga mollar va xarajatlar uchun, to`lanadigan veksellar bo`yicha, olingan bo`naklar bo`yicha, budjet bilan, sug`urta bo`yicha, mehnatga haq to`lashga doir qarzlar, xodimlar uchun olingan kreditlar va boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar kiradi.
Kreditor qarzlar muayyan korxona bilan boshqa korxona, tashkilot va muassasalar o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblar nitajasida vujudga kelgan vaqtinchalik mablag`lar manbalaridir. Kreditorlar asosan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan moddiy qiymatliklar hamda pudratchilardan qabul qilingan ishlar va xizmatlar bo`yicha muomalalar natijasida vujudga keladi.
Korxonalardagi ishchi va xizmatchilarga ish haqi asosan har oyda ikki marta beriladi. Birinchi marta shu hisobot oyining o`rtasida berilib, ishbay usulida haq oluvchi ishchi va xizmatchilarga bajarilgan ishining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay usulida haq oluvchi ishchi va xizmatchilarga esa oladigan oylik ish haqlari va ishlagan kunlariga qarab bo`nak beriladi. Oylik uzil-kesil hisob-kitob esa kelgusi oyning boshlarida o`tkaziladi. Shuning uchun ikki muddat orasidagi vaqtda bu mablag`lar xo`jalik faoliyatida ishlatilishi mumkin. Binobarin, korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarga ish haqi tarzida to`lanishi lozim bo`lgan qarzi korxona xo`jalik mablag`larining vaqtincha manbai bo`lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir majburiyatlar o`ziga hos manba bo`lib, milliy daromadni taqsimlash paytida vujudga keladi. Bunga korxonaning ishchi va xizmatchilarga hisoblanib vaqtincha to`lanmagan ish haqi yuzasidan qarzi, ijtimoiy sug`urta organlariga bo`lgan qarz, davlat budjetiga hisoblab qo`yilgan qarz va boshqalar kiradi.
Korxonadagi xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalari ularning qanday mulkchilik shakllariga asoslanganligiga bog`liq.
Qo`yida korxona xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalarini turkumlash keltiriladi:
I. Korxona o`z xo`jalik mablag`larining manbalari

  1. Nizom fondi;

  2. Asosiy vositalarning eskirishi;

  3. Nomoddiy aktivlarning eskirishi;

  4. Zahira fondi;

  5. Dargumon qarzlar bo`yicha zahiralar;

  6. Taqsimlanmagan foyda;

  7. Maxsus maqsadga atalgan fondlar;

  8. Hisobot yili foydasining ishlatilmagan qismi;

  9. Kelgusida qilinadigan xarajat va to`lovlar zahirasi;

  10. Kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlarning eskirishi;


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling