Ал-хоразмий номли урганч давлат университети


Download 1.96 Mb.
bet19/28
Sana26.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1722936
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
kontakt xodisalar

Varikaplar
Varikap - teskari kuchlanishga nisbatan sig'imdan foydalanadigan va elektr bilan boshqariladigan sig'im elementi sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan yarimo'tkazgichli diod. Varikap o‘z sig‘imini unga qo‘yilgan teskari kuchlanishga proporsional o‘zgartiradigan diod hisoblanadi.
Varikaplarni ishlab chiqarish uchun yarimo'tkazgich material- kremniydir.
Varikaplarning asosiy parametrlari:
Nominal sig’im Св– berilgan teskari kuchlanishdagi sig’im (Св=10 – 500 pF);
sig'imning o'zaro bog'liqlik koeffitsienti (teskari kuchlanishning berilgan ikkita qiymatida varikap sig'imlari nisbati) (К=5 - 20)
Varikapning ko’rinishi va zanjirda belgilanishi rasm.12.9.da keltirilgan.

Rasm.12.9 Varikapning ko’rinishi va zanjirda belgilanishi

Bugungi kunda varikaplar chastotani avtomatik boshqarish uchun turli sxemalarda, parametrik kuchaytirgichlarda keng qo'llaniladi.


Varikapning volt-farad xarakteristikasi rasm.12.10.da keltirilgan.
Elektrodlarga tashqi kuchlanish qo‘yilmagnada p- va n-turdagi yarim o‘tkazgichlar orasidagi potensiallarning kontakt farqiga bog‘liq holda p-n-o‘tishda potensial to‘siq va ichki elektr maydon mavjud bo‘ladi



Rasm.12.10 Varikapning volt-farad
xarakteristikasi

Teskari surilishli rejimi varikapning normal ishlash rejimi hisoblanadi. Agar diodga teskari kuchlanish berilsa (ya’ni katod anodga nisbatan musbat potensialga ega bo‘lsa), u holda bu potensial to‘siq(bar’er)ning balandligi ortadi.


Teskari tashqi kuchlanish elektronlarni n-sohaning ichkarisiga suradi, buning natijasida siyraklashgan p-n-o‘tish sohasining, ya’ni zaryad tashuvchilardan mahrum bo‘lgan va mazmunan (o’tkazuvchanlik xususiyati) dielektrik hisoblanadigan yarim o‘tkazgich qatlamining kengayishiga olib keladi. Teskari kuchlanish ortganida siyraklashgan qatlamning qalinligi ortadi. Buni yassi kondensator ko‘rinishida tasvirlash mumkin, bunda kondensatorning qoplamalari bo‘lib, yarim o‘tkazgichning siyraklashmagan zonalari va dielektrikning o‘zgaruvchan qalinlikli qatlami xizat qiladi.
Qoplamalar orasidagi masofaning ortishi bilan (teskari kuchlanish qiymatining ortishi keltirib chiqaradigan) p-n-o‘tishning sig‘imi kamayadi. Bu kamayish bazaning qalinligi orqali cheklanganganligi sababli, siyraklashgan qatlamning qalinligi kengaya olmaydi, sig‘imning bu minimumiga erishilgandan keyin teskari kuchlanishning ortishi bilan sig‘im o‘zgarmaydi. Sig‘imning boshqariladigan kamayishini cheklovchi boshqa omil siyraklashgan qatlamning ko‘chkisimon teshilishi hisoblanadi.

Nazorat savollari



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling