Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bilmasdan yo‘l qo‘yilgan mantiqiy xato – paralogizmlar deb ataladi


Download 1.22 Mb.
bet196/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bilmasdan yo‘l qo‘yilgan mantiqiy xato – paralogizmlar deb ataladi. Masalan: “Missioner” parologizmi. Bir missioner (dinni targ‘ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo‘r)lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib eyish masalasida bahslashib qolishibdi. Bazilari qovurish kerak desa, boshqalari qaynatish kerak debdi. O‘zaro kelisha olmay bir qarorga kelishibdi. Ular missionerga: “Sen biror gap aytgin. Agar gaping to‘g‘ri bo‘lsa, seni qaynatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, qovurib eymiz” - deyishibdi. Missioner ularga “Meni qovurib eysizlar”- deb javob beribdi.” Missionerning javobi kanniballarning o‘zaro tortishuviga sabab bo‘libdi. CHunki qovirib esalar, u to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va uni qaynatish kerak bo‘ladi. Agar qaynatib esalar, unda noto‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va shartga muvofiq uni qovirish kerak bo‘ladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalangan missioner qochib qutilibdi.
CHinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, “Buning isboti yo‘qligi isbotlangan”,
“Hech qachon “hech qachon” so‘zini aytma”, “O‘yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bo‘lsa, hech qanday qoida yo‘q.”
YUqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o‘z qarashlarini ximoya qilishga, mustaqil nuqtai nazarga ega bo‘lishga va boshqalarning zararli tasirlaridan saqlanishga yordam beradi.
3. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.
Bilish jarayonida inson voqea va hodisalarning mohiyatini tushunib boradi.
Inson qancha ko‘p bilimga ega bo‘lmasin, bilmagan narsalari undan ham ko‘proq bo‘ladi. Bilmagan, nomalum narsalarni bilish uchun hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar etarli bo‘lmaydi. Bilish jarayonida mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, kompyuter viruslariga qarshi ximoya tizimini yaratish shunday muammolardan hisoblanadi. Meditsina sohasida rak kasalligini davolash, avtomobilsozlikda yoqilg‘ini tejovchi vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bog‘liq muammolar va boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozirgi kunda bu muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va prinsiplarning etarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib borishni talab qilmoqda.
Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi vaqtda matematikada to‘plam nazariyasi bilan bog‘liq muammolarni xal qilish zaruriyati bunga misoldir.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlar etarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir talimot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling