«Ақлий ҳужум», «Ролли ўйинлар», «Кластер», «Танқидий тафаккур», «Бумеранг», «Дебатлар», «Таққослаш», «Муаммоли ўқитиш»,
Download 358.5 Kb.
|
6х6х6 методлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmlar qirqib qo’yiladi, o’quvchi rasmni birlashtirib o’sha rasmda tasvirlangan narsa haqida gapirishi kerak.
- 16 “Oylab top" o’yini.
- 17. “Sen bo’shsan ” o’yini .
- 18. "Mashina odam” o’yini
- 19. “Meni tushun” o’yini
- 20. “Zakovat o’yini”
14 “Chorraha” o’yini.O’yinda 4 ta o’quvchi qatnashadi. Ular bir-birlariga qarab o’rindiqga o’tiradilar. Ularning bu o’tirishlari chorrahani eslatadi. 1-O’quvchi matematikdan terminlarni tez-tez aytadi. 2-O’quvchi 1-o’quvchi aytgan terminlarning ma’nosi nimaligini so’raydi. 3-O’quvchi 1-o’quvchiga matematika fanidan emas, xohlagan mavzuda savol beradi. 4- O’quvchi 1-o’quvchiga qarab har xil harakatlar qiladi. O’yinda eng masuliyatli ish 1-o’quvchi zimmasiga tushadi. U 2 va 3–o’quvchining savollariga javob berishi kerak, 4–o’quvchining harakatlarini takrorlashi kerak va ayni vaqtda biladigan kattaliklar nomini aytishi lozim. O’yin 5 minut davom etadi. O’yin tugagandan so’ng bolalardan ularning munosabatlari so’raladi. Ular o’zini qanday his etadi?
Biror qoida alohida qilib qirqilgan kartochkalarga yoziladi. O’quvchi ularni to’g’ri joylashtirib qoidani o’qib berishi lozim. Rasmlar qirqib qo’yiladi, o’quvchi rasmni birlashtirib o’sha rasmda tasvirlangan narsa haqida gapirishi kerak.Masalan: Uchburchak, to’rtburchak, aylana, konus.Buxoroning qadimiy yoqgorliklari va hokaza rasmlar olinishi mumkin. Bu rasmlar orqasida savollar, masala va boshqa qiziqarli topshiriqlar yozilishi mumkin.16 “Oylab top" o’yini.Sinf 2 guruhga ajratiladi. Bolalar bir-biriga qarab saflanadi. Birinchi guruhdagi 1chi o’quvchi 1ta matematika fanidan termin aytadi. Ikkinchichi guruhdagi birinchi o’quvchi uning oxirgi harfiga boshqa matematika faniga doir termin aytadi. Agar aytolmasa o’yindan chiqadi. O’yin shunday davom etadi. To oxirgi o’quvchigacha. O’yindan chiqqan o’quvchi o’yin tugagandan song o’z mahoratini ko’rsatadi. Oxirida o’yin haqidagi fikrlar so’raladi. 17. “Sen bo’shsan” o’yini.O’yinda 3 ta bola qatnashadi. Boshqaruvchi tomonidan ketma-ket bolaning ismini aytgan holda savollar beriladi. Ular javob beradilar. Mabodo javob bermasa qolgan o’tirgan o’quvchilardan so’raladi. Har bir bolaga 5 ta dan savol berilgandan so’ng ular o’yindan chiqarish uchun 1 kishining ismini yozadilar. Agar birtadan to’g’ri kelsa, o’sha o’yin davomida g’olib o’quvchi kimni chiqarish uchun ism aytadi. Keyin bola o’yindan chiqadi. Chiqish davomida nimani bilmadi va bilib olganligi haqida so’zlab beradi. 18. "Mashina odam” o’yiniBarcha 6 ta yoki 5, 4 tadan bo’lib o’tirgan bolalarga 3 daqiqa vaqt beriladi. Ular 3 minut davomida biror model, shakl, tushunchani o’rtoqlariga namoish qilishni kelishib oladilar. Vaqt o’tgandan so’ng har bir guruhga navbat bilan o’zlarini tayyorlagan ishlarini namoish qiladilar. Qolgan bolalar qaysi model , shakl, tushunca haqida ekanligini aytadilar. Masalan: Bir o’quvchi chiqib, ikki qo’lini yoyib ko’rsatadi. Bolalar javoblaridan namunalar keltiramiz. 180 gradusli burchak. Simmetriya, odam boshini koordinata tekisligi deb olsak x-o’qi.
b) O’yinda topishmoq sifatida yoki she’riy misralar bilan biror matematik tushuncha ta’riflanadi. Bolalar nima haqida gap borganiga qarab , nomini topadi. 20. “Zakovat o’yini”Bu o’yinni tashkil etishdan oldin, o’quvchilarga topshiriqlar beriladi. Shu topshiriqlarni a’lo darajada bajarib topshirgan o’quvchilar o’yinga jalb etiladi. Ular (6 o’quvchi) sinf o’rtasida qo’yilgan partaga guruh bo’lib o’tiradilar. Qolgan o’quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob beradilar. O’yinni bir o’quvchi olib boradi. O’yin orasida musiqali tanaffus ham bo’ladi. O’yin 10 bosqichdan iborat bo’ladi. O’yin davomida guruh savolga javob bera olsa, unga ball beriladi. Agar javob bera olmasa ball savol bergan o’quvchiga beriladi. Zakovatbob savollar: 1. 3 xil rangli gullar bor. 2 tadan nechta guldasta yasash mumkin? Agar 10 ta har xil gul berilgan bo’lsa-chi? Javob: 3 45 Yechimi: (agar soni uchta bo’lsa) 2. Shaxmat doskasida nechta kvadrat bor? Javob: 204 Yechimi: 12+22+32+42+52+62+72+82=1+4+9+16+25+36+49+64+204 3. Yettita ikki yordamida yuzni hosil qiling? Javob: (222:2)-22:2=100 4. Nima sababdan uylarning tomini yopishda toq sonda ya’ni 1,3,5,7 va hokazo to’siq (bolor) tashlanadi. Bunga fizikaning qaysi qonunini asos qilib olingan. Javob; Tomning og’irlik, massalar markazi hisobga olingan. 5. “Zakovat” sandiqchasi olib kiriladi. Sandiqchada shunday narsa borki uni greklar Gerkules (muqaddas) tosh deb, xitoyliklar muhabbat toshi deb atashadi. Bu tosh O’zbekistonda qanday nom bilan ataladi. Javob: Ohangrabo (magnit). Sandiqcha ichida magnit qo’yiladi. 6. To’rtburchak shaklidagi tortni uch marta pichoq bilan sakkizta teng bo’lakka bo’ling. Javob: gorizantal va vertikaliga qarab tort pichoq bilan kesiladi. O’ng tomondagi kesilgan tortni olib chap tomondagi kesilgan tort oldiga qo’yiladi va barchasini pichoq bilan yana bir marta kesiladi va sakkizta teng bo’lak hosil bo’ladi. Bu quyidagicha olib boriladi. 7. Ulug’ allomalardan biri o’zining matematikaga oid asarida shunday yozadi: “Mening hind hisobiga kiritgan yangiligim shulki bir raqami yoniga bir halqa, ya’ni 0 qo’yib uni 10 deb o’qidim” Bu satrlar kimga tegishli. Javob: Beruniy 8. Fanga birinchi marta o’nli kasrlarni kiritgan XV asrda Samarqandagi Ulug’bek rasadxonasida yashagan olim kim? Javob: Jamshid Koshiy. 9. Eramizning v asrida yashagan birinchi matematik olima-ayol kim? Javob: Gipatiya.
10 ta o’quvchi aylana bo’lib joylashadilar. 1- o’quvchi 1 ta matematika faniga oid termin aytadi, 2 - o’quvchi 1- o’quvchi aytgan terminni takrorlaydi va o’zi ham 1 ta aytadi. 3 – o’quvchi 1 va 2 – o’quvchi aytgan terminlarni takrorlaydi va o’zi ham 1 ta qo’shadi. O’yin shunday davom etadi. Agar o’yinda biron terminni aytolmay qolgan o’quvchi topilsa uni o’yindan chiqarish kerak. Bu bola o’yin tugagandan so’ng o’z mahoratini namoyish qilishi lozim. O’yin tugagandan so’ng bolalardan o’yinda o’zini qanday his etganligi so’raladi. Ular fanga oid terminlarni esda saqlash uchun qanday usuldan foydalanganligi so’raladi. Masalan: a) “Geometrik fugaralar olamiga sayohat”. 1)-aylana 2) –aylana, doira 3)- aylana, doira, uchburchak 4)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak 5)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya 6)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya, pomb 7)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya, pomb, shar 8)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya, pomb, shar, slindir 9)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya, pomb, shar, slindir, konus 10)- aylana, doira, uchburchak, to’rtburchak, trapetsiya, pomb, shar, slindir, konus, ko’pburchak.
1) matematika 2) matematika, Fales 3) matematika, Fales, Al-Xorazmiy 4) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika 5) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya 6) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya, algebra 7) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya, algebra, Pifagor 8) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya, algebra, Pifagor, Ibn Sino 9) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya, algebra, Pifagor, Ibn Sino, Beruniy 10) matematika, Fales, Al-Xorazmiy, arifmetika, geometriya, algebra, Pifagor, Ibn Sino, Beruniy, Arximed.
Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling