«Ақлий ҳужум», «Ролли ўйинлар», «Кластер», «Танқидий тафаккур», «Бумеранг», «Дебатлар», «Таққослаш», «Муаммоли ўқитиш»,
Download 358.5 Kb.
|
6х6х6 методлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozini – o’zi baholash metodi.
- Nuqtai nazaring bo’lsin metodi.
- Matbuot materiallardan foydalanish.
- Plakat bo’yicha taqdimot
- Su h bat metodi
- Taxmin va tasdi q metodi
- Talimiy (didaktik) o’yinlardan foydalanib darslarni
. Quyidagi she’r o’qib beriladi. Bolalar masalani yechadilar. Soatiga 90 mil Tezlik olib neksiya Bir shaharga yo’l oldi Javob bergil shamsiya Qaytishda u tezlikni Oshirdi 20 maga Bormoq kelmoq o’rtacha Tezlik tengdir qanchaga.
Ozini – o’zi baholash metodi. Matematik diktant olinsa o’quvchi o’zini o’zi baholashi mumkin. Bu uchun o’quvchilar yozib bo’lgandan so’ng yozmay qolgan qismlariga so’roq belgisini qo’yish taklif etiladi. Doskaga to’g’ri javoblar yoziladi va bolaga ishni tekshirish taklif etiladi. Rolli o’yinlar. Guruhlar bo’lib ishlashda albatta har bir o’quvchiga 1 ta rolni taqsimlab berish lozim. Aks holda u masuliyatni unchalik his etmaydi. Rollar quyidagicha bo’lishi mumkin. 1 ta o’quvchini mavzuni nazariy tushuntirishi lozim, 2 chisi tajribani o’tkazishi lozim, 3 chisi rasmni chizib tushuntirishi lozim, 4 chisi tarixiy ma'lumotlarni o’rganib aytishi lozim va hokazo. Ularga quyidagicha nom qo’yish mumkin. - Nazariyotchilar - Rassomlar - Tarixchilar
Bahs (Debat) o’tkazish vaqtida o’quvchi o’z nuqtai nazarida qolishga to’la haqlidir. Mustaqil ish metodi. Bu metoddan darslarda juda ham keng foydalaniladi. O’quvchining masala yechishi, laboratoriya ishini bajarishi, esse yozish, o’z taxminlarini, bilganlarini yozishi va hokazolar o’quvchining mustaqil ishi faoliyatidir. Matbuot materiallardan foydalanish. Har bir darsda o’qituvchi qo’shimcha materiallardan va matbuot materiallaridan foydalanishi lozim. I.Karimovning 2005 yil 28 yanvarda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida "Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" ma'ruzasidan foydalanib tuzilgan masalalardan darslaringizda yechish tavsiya etiladi. 1 masala Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy avtomobil koprigidan yengil avtomobil 60 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanib o’tgan bolsa, u koprikdan qancha vaqtda o’tgan? Avtomobilni moddiy nuqta deb oling. 2-masala Amudaryo uzra uzunjigi 681 metrlik zamonaviy avtomobil ko'prigidan yengil avtomobil 42 sekundda o'tgan bo'lsa, u ko'prikdan qanday tezlik bilan harakatlanib o'tgan? 3-masala 2005 yilda ishga tushirilgan Amudaryo uzra zamonaviy avtomobil ko'prikdan yengil avtomobil 42 sekundda 16,215 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib o'tgan bolsa, ko'prik uzunligini aniqlang? 4-masala 2005 yilda ishga tushirilgan Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 72 km/soat tezlik bilan tekis harakatlangan poyezd temir yo'l ko'prigidan qancha vaqtda o'tgan? Poyezdning uzunligi 120 metrga teng. 5-masala Poyezd Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 40 sekundda o'tgan bo'lsa,u qanday tezlik bilan harakatlangan? Poyezd uzunligi 120 metrga teng. 6-masala Poyezd 2005 yilda O'zbekistonda ishga tushirilgan Amudaryo uzra qurilgan zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 72 km/soat tezlik bilan 40 sekundda o'tgan bo'lsa,ko'prik uzunligini aniqlang? Poyezd uzunligi 120 metrga teng. 7-masala 2005 yilda ishga tushirilgan yangi Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'l magistrali Toshguzar-Dehqonobod uchastkasining uzunligi 57 kmdan iborat. Poyezd qancha vaqtda shu masofani 20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib o'tadi. Poyezdni moddiy nuqta deb hisoblang. 8-masala 2005 yilda O'zbekistonda ishga tushirilgan Toshguzar-Boysunning uzunligi 57 kmga teng. Poyezd yo'lining shu qismini 47,5 minutda bosib o'tgan bo'lsa,uning tezligini aniqlang. 9-masala O'zbekistonda 2005 yilda ishga tushirilgan Toshkent Boysun -Qumqo'rg'on temir yo'l magistrali Toshguzar-Dehqonobod uchastkasini poyezd 72 km/soat tezlik bilan 47,5 minutda bosib o'tgan bo'lsa,yo'lning uzunligi qancha? 10-masala Toshkent-Samarqand yo'nalishi bo'yicha elektr poyezd 5soatdan so'ng manzilda bo'ladi. Agar elektr poyezd 350 km masofani o'tgan bo'lsa,elektr poyezdning tezligini toping. 11-masala Samarqand-Toshkent yo'nalishi bo'yicha elektr poyezdi 70km/soat tezlik bilan 350 km masofani bosib o'tsa,qancha vaqtda manzilga borib yetadi. 12-masala Uzunligi 681`metr bo'lgan Amudaryo uzra qurilgan ko'prikdan velosipedchi 8 m/s tezlik bilan harakatlanib o'tsa, qancha vaqtdan so'ng daryo sohilidan o'tadi? 13-masala Traktor 2,5m/s tezlik bilan Amudaryo Uzra uzunligi 681 m lik avtomobil ko'prikdan o'tgan. Ikki sohil orasidagi masofani traktor qancha vaqtda bosib o'tadi? 14-masala Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik ko'prikdan avtomobil 15 m/s tezlik bilan bosib o'tdi. Avtomobil qolgan qismini 17sda bosib o'tdi. U butun yo'l davomida qanday o'rtacha tezlik bilan harakat qilgan? 15-masala Poyezd Toshguzar-Dehqonobodgacha bo'lgan 57km masofaning yarmini 25m/s tezlik bilan bosib o'tgan. Poyezdning butun yo'l davomidagi o'rtacha tezligini toping. 16-masala Avtomobil Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan 54 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanib o'tdi.Uning ko'prikdan o'tish vaqtini aniglang. 17-masala Otliq Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan 4m/s tezlik bilan harakatlangan. Ko'prikdan qancha vaqtda o'tgan? 18-masala Ikkita otliqdan biri Amudaryo uzra uzunligi 681m bo'lgan ko'prikni 45 s davomida,ikkinchisi esa 50 s da bosib otdi.Otliqlar qanday o'rtacha tezlik bilan harakatlangan? Tezliklarni taqqoslang. 19-masala Toshguzar-Dehqonobod uchastkasida harakatlanayotgan poezd tezligini 20 s da 72 dan 54km\soat gacha kamaytirdi. Tezlikning vaqtga bog'lanish formulasi Vx(t) ni yozing va bu bog'lanish grafigini chizing. 20-masala Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan AB yo'nalish bo'yicha 54 km/soat tezlik bilan mototsiklchi yo'lga chiqdi. Xuddi shu paytda ko'prik oxiridan (B punktga) mototsiklchining harakat yo'nalishida 5m/sek tezlik bilan velosipedchi ham harakat qila boshladi. Amudaryo ko'prigining boshidan qanday masofada mototsiklchi velosipedchini quvib yetadi. Mototsiklchi va velosipedchini moddiy nuqta deb oling.
Plakat bo’yicha taqdimot o’quvchi doskaga chiqib osib qo’yilgan plakatdagi rasmlarga qarab mavzuni aytib beradi. Plakat bo’yicha taqdimotni hali yangi mavzuni o’tmasdan turib ham amalga oshirish mumkin. Matematik diktant Matematik diktant juda qisqa vaqtda barcha sinfdagi o’quvchilardan so’rashning yo’lidir. Bunda bola mustaqil ishlaydi. Diktant yozilgandan so’ng o’quvchilarga yozilmagan qismiga "so’roq" belgisini qo’yish taklif etiladi, javoblari doskaga yoziladi va o’quvchiga o’z ishini baholash so’raladi.
Davra suhbati shaklida tashkil etish yaxshi samara beradi. Davra suhbatini tashkil etish uchun biror muammoli, mavzuni aytish kerak. O’quvchilar navbat bilan fikrlarini aytadilar. Debat (Bahs) metodi Debat (Bahs) o’tkazish uchun o’rtaga biror muammo tanlanadi. Muammoga qarab o’quvchilar 3 guruhga ajraladilar. (ha, yo’q, betaraf). Muammoga “ha" munosabatda bo’lganlar 1 guruh "Yo’q" munosabatda bo’lganlar 2 chi guruh, “betaraflar” 3-guruh bo’ladilar. Navbat bilan o’z nuqtai nazarini aytib o’zini himoya qilishga 1 daqiqadan vaqt beriladi. Betaraflar ikkala guruh o’quvchilarning fikrlarini tinglab o’z ixtiyorlari bilan "ha" yoki "yo’q" deganlar guruhlariga qo’shiladilar. Himoya davomida "ha" guruhidan "Yo’q" guruhiga o’quvchilar o’tishlari mumkin va aksincha. Debat 7-10 daqiqa davom etishi mumkin ( fikrlar bo’lsa yana vaqt berish mumkin).
Esse bu o’quvchining yozma bayonidir. Esse usulidan yangi mavzuni o’rganish darsida umumlashtiruvchi takrorlash darsida ham foydalanish mumkin. O’quvchilarda darsning mustahkamlash bosqichida yangi olgan ma'lumotlari haqida erkin fikrini yozma bayon qilish topshiriladi. Yozishga 5-7 daqiqa vaqt beriladi. Esselarini taqdim qilishga ham vaqt beriladi. Geyzer usuli. Yangi o’tiladigan mavzuning bosh tushunchasini olib aylana yoyi ichiga yozib undan chiziqlar chiqariladi. Bu chiziqlar davomiga o’quvchi yangi mavzuga doir unga ma'lum bo’lgan tushunchalarni yozishi lozim. Yangi mavzu o’rganilgandan so’ng esa yangi olgan tushunchalarini qizil rang bilan yozish taklif etiladi. Og'zaki so’rov Og'zaki so’rov metodi darslarda har doim ishlatiladi. O’quvchi-o’quvchi, o’qituvchi –o’quvchi, o’quvchi–o’qituvchi orasida og'zaki savol berib javob olishlar, javob berishlar bo’ladi.
Biror yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarga o’z taxminlari (bashoratlari) ni yozish taklif etiladi quyidagi jadval chiziladi.
Taxminlarni yozgandan so’ng taqdimot o’tkaziladi. Yangi mavzu o’rganilgandan so’ng o’quvchilarga jadvalning ikkinchi qismini to’ldirish taklif etiladi. Yozib bo’lgandan so’ng o’quvchilar bilan suhbat o’tkaziladi. Darsning boshida yozgan taxminlari tasdiqlandimi. Taxminlarning qaysi jihatlari tasdiqlanmadi. Toifali sharh Biror mavzu o’tilgandan so’ng o’quvchilarga darsni mustahkam- lash bosqichida quyidagi jadvalni to’ldirish taklif etiladi.
Insert metodi "Insert" metodi bu matnni belgi qo’yib o’qishdir. Belgilar quyidagi tartibda qo’yiladi. O’qish davomida tugallangan ma'lum mazmunga ega bo’lgan gap oxirida (qator oxirida) qo’yiladi. Belgilar quyidagicha tanlanadi. "+" belgisi qo’yiladi agar o’qiganlari uncha tushunarli va yangilik ola bilgan bo’lsa, "V" belgisi qo’yiladi agar o’qiganlari tushunarsiz fikriga qarshi bo’lsa, "?" belgisi qo’yiladi agar o’qiganlari yuzasidan savoli bo’lsa, tushunmasa.”-” belgisi qo’yiladi. O’qitish davomida o’quvchi quyidagi jadvalni daftariga chizib matn bo’yicha mos qismiga yozishi lozim.
Insert metodidan darsning yangi mavzuni o’rganish bosqichida foydalanish lozim. Ta'limiy (didaktik) o’yinlardan foydalanib darslarni O’tish bo’yicha tavsiyalar berish. 1 o’yin “Davom ettir” 1 o’quvchi matematik termin aytadi, 2 o’quvchi uning oxirgi harfiga boshqa 1 matematik termin aytadi. O’yin o’quvchilar soni tugaguncha davom etadi. Masalan: aylana-ayqash-shar-romb-besh-shart-to’rt-teng-gramm-misol-metr-Rene-ellik-kub-binar-riyoziyot-tonna-al-Xorazmiy-yo’l-lyambda-arifmetika-algebra-aksioma-algoritm-manfiy-va hokazo.
Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling