Alijonov ibratjon


Kabellarni binoga kiritish


Download 1.46 Mb.
bet21/22
Sana24.12.2022
Hajmi1.46 Mb.
#1060681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
ALIJONOV IBRATJON

9.4. Kabellarni binoga kiritish

Odatda shahar telefon tarmoqlarida qo‘llanuvchi kabellar ATS binosiga, shaharlararo tarmoqlarda va hududiy tarmoqlarda qo‘llanuvchi kabellar shaharlararo telefon stansiyaga, telegraf stansiyasiga, oxirlash manzilgohlarining telefon stansiyalariga, xizmat talab qilinadigan punktlarga kiritiladigan kabellar va boshqa aloqa korxonalaridan keluvchi kabellar hammasi bino ichiga kiritiladi.


Aloqa korxonalari va aloqa inshoatlarining binosiga kiritiladigan optik–liniya kabellari stansiya kabellari bilan stansiyani bog‘laydigan uskunalarga kiritiladi. Bu uskunalar maxsus BW7R (Germaniya) stoykasiga o‘rnatilgan. Xizmat talab qilmaydigan regeneratsiya punktlariga kiritiladigan liniya optik kabellari ham stoykalarda joylashgan uskunalar yordamida ulanadi.
Bino ichidagi shaxtadan liniya optik kabellari liniya apparat sexiga (LAS) to‘g‘ri qo‘tariladi. LAS xonasidagi kiritiluvchi uskunalariga optik kabellar kabelrost bo‘ylab o‘tqiziladi.
Stansiya va liniya kabellarini ulanish uskunasida bir qancha kassetalar joylashgan bo‘lib, ularga payvandlangan tola tugunlari maxkamlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida oson bo‘lish uchun payvandlab ulangan stansiya kabellarining uchi raz’yom (ajratgich) bilan tugallangan.
Kassetalar joylashgan javonda nur o‘tkazgich ulagichlar joylashgan. Bu ulagichda bir qancha ajratuvchi muftalar joylashgan bo‘lib, unga kiritiladigan tolalar o‘zining tartib raqami bilan belgilangan. Bunday uskunaga 60 ta optik tola kiritish mumkin. Muftaning 2–tomonida esa, egiluvchan stansiya kabeli ikkita raz’yom bilan ulangan.
9.5. Tolali optik aloqa liniyasini ekspluatatsiyaga topshiruv jarayonidagi o‘lchov ishlari

Tolali optik aloqa liniya qurilish montaj ishlari tugagandan so‘ng, ekspluatatsiyaga topshiriladigan kabellar qurilish korxonasi ishchilari tomonidan tekshiruv va topshiruv ishlarini bajaradilar. Ekspluatatsiyaga topshiriladigan ishlarni qabul qilishda optik tola kabelli liniyani montaj qilingan to‘liq uchastkasida optik oxirlash raz’yomlari bilan optik tolaning parametrlarini o‘lchash orqali qabul qilinadi. Albatta o‘lchanadigan ish hajmi va normalari buyurtmachi tomonidan ishlab chiqarilgan texnik talablar asosida aniqlanadi va u optik kabelning konstruksiyasi bo‘yicha tashkil qilinadigan aloqa uzatish vositasiga bog‘liq.


Katta o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan Tolali optik aloqa liniyasida kabeldagi hamma tolalarning so‘nish qiymati va dispersiyasi o‘lchanadi. O‘lchovlar o‘lchanuvchi signallarning ishchi to‘lqin uzunligida va tarqatuvchi manbaning chastota polosasining kengligi sharoiti uchun hamda optik signallarni kiritish/chiqarish usuli bo‘yicha olib boriladi. Optik tolalarning so‘nishi va dispersiya o‘lchovi ikkala uzatish yo‘nalishgi bo‘yicha olib boriladi, chunki shu yo‘l bilan o‘lchanayotgan parametrlarning farqi hisobiga Tolali optik aloqa liniyasining bir jinsliligi bo‘lishi ko‘riladi. Shunday qilib, ekspluatatsiyaga topshirilayotgan Tolali–optik aloqa liniyasini o‘lchovi uchun to‘liq ravishda o‘lchov asboblari bo‘lishi lozim. Ikki yo‘nalishdagi o‘lchov natijalari Tolali–optik aloqa liniyasini pasporti uchun qo‘llanadigan tegishli jadvallarga to‘ldiriladi. Tolali–optik aloqa liniyasini ikkitomonlama o‘lchovi optik reflektometrlar yordamida o‘lchanadi. Shuningdek, Tolali–optik aloqa liniyasining pasportida har bir muftadagi tolalarni ulanish sxemasi va aloqa trassa magistrali o‘tgan liniya xaritada to‘liq ko‘rstilishi kerak.

XULOSA.
Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida men Andijon va Sirdaryo oʻrtasida optik transport tarmogʻini yaratishning eng maqbul yechimini topishga harakat qildim. Shu bilan birga, ushbu ikki viloyatning qayerda joylashgani, ular orasidagi masofa, aholi soni va magistralning tarmoqlanishi haqida ma’lumot oldim. Respublikamizning barcha hududlaridagi abonent aloqa tarmoqlarida optik texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi va ishonchliligiga erishish imkonini beradi. Bunday tarmoqlarga axborot xavfsizligi uchun ham yuqori talablar qo'yiladi.


Ushbu loyiha ustida ishlayotganda men ikki mintaqa o'rtasida optik transport tarmog'ini yaratish uchun optimal echimni topish uchun ko'p izlanishlar olib bordim. Buning uchun men Andijon va Sirdaryo viloyatlarining geologik-geografik holatini ham o‘rgandim. O'qishlarim natijasida men loyiha ishimni yakunlash uchun buxgalteriya ishini to'g'ri hisoblashning eng arzon va eng qulay usulini topishga harakat qildim.
Bu loyihada hisob kitoblar qilayotganimda ikkita tanlov ustida ish olib bordim. Ikkala tanlovning ham moliyaviy xarajatlari deyarli bir xil edi. Shu sababli texnik tomonlama hisoblash ishlariga qarab tanlov olib bordim. Birinchi tanlov Andijondan Toshkent viloyati orqali Sirdaryoga olib boradi. Ikkinchisi esa katta shaxarlardan o’tmas edi, lekin bu tanlovning ko’p qismi tog’li joylardan o’tgan va magistral va temir yo’llar, boshqa Respublika orqali edi shu sababli birinchi loyihani tanladim. Ushbu loyihada 2 ta yo’lni ko’rib chiqdim 1-yo’l qamchiq davoni orqali, bu yo’l 400 kmni tashkil etadi. 2-yo’l boshqa Respublika orqali 400 km ni tashkil etadi
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, men o'z loyiha ishimni yuqorida ko'rib chiqishingiz mumkin bo'lgan barcha faktlar asosida amalga oshirdim va shuni ham ta'kidlamoqchimanki, telekommunikatsiya tizimining texnik imkoniyatlari tez orada joriy etish uchun yetarli darajaga yetadi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling