Alimardonova fotima primkulovna contrastive analysis of gender aspect in paremias


Ilmiy ishning obyekti va predmeti


Download 175.06 Kb.
bet2/35
Sana21.06.2023
Hajmi175.06 Kb.
#1645539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
FOTIMA 5 IYUN 2022 YIL

Ilmiy ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti ingliz va o‘zbek tillaridagi gender ko‘rsatkichli maqollar bo‘lsa, uning predmeti ayol, erkak konseptli maqollarni kognitiv, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini tadqiq etish masalalari.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari: til manbalarini qiyoslash tadqiqot metodi, konseptual tahlil metodi, lingvostatistik metod, komponent tahlili metodi va tavsiflash metodi va kross-madaniy tahlil kabi tahlil uslublaridanfoydalanildii.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Mazkur dissertatsiyaning ilmiy yangiligi ingliz va o‘zbek tillaridagi paremalar gender yondashuvi asosida tahlil etildi.Ingliz va o‘zbek tillarida gender aspektini paremalarning ifoda planida yorqin namoyon bo‘lishi aniqlandi. Human being ва man konseptual gender tahlili tilda antroposentrizmning ustunligini tasdiqladi hamda har ikki tildagi gender streotiplarning ijtimoiy-madaniy, kognitiv-psixologik va fiziologik xususiyatlarini aniqlash yordamida ularning shakllanish jarayonlari ko‘rsatildi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot natijalaridan umumiy tilshunoslik, leksikologiya, qiyosiy tilshunoslik kabi fan va kurslar bo‘yicha ma’ruza, hamda seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, dissertatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yozishda foydalanish mumkin. Dissertatsiya natijalaridan ushbu fanlardan ma’ruza, hamda amaliy mashg‘ulot darslarini olib borishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilishi va tarkibi. Mazkur dissertatsiya kirish,3 bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari: 1) Tilning paremiologik qatlami ongning o‘ziga xos kognitiv mikrostrukturasini tashkil etib, o‘z semantikasida madaniyatning bir bo‘lagini aks ettiruvchi til birligi – lingvokulturema va axborotni saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. 2) Tilda mavjud gender stereotiplarni paremiologiya materiallari asosida ham aniqlash mumkin. Shunga ko‘ra, ingliz va o‘zbek tillari paremiyalarini ayol va erkaklarning ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning psixologik xarakterini ifodalovchi konseptual qatlam, ayol va erkaklarning fiziologik xususiyatlarini tasvirlovchi konseptual qatlamlarga ajratish mumkin. 3) Tilda antrosentrizmning yuzaga kelishiga biologik va ijtimoiy omillar sabab bo‘lib, ularning har ikkisi gender stereotiplarining yuzaga kelishi va shakllanishiga taʼsir qilishiga qaramasdan ijtimoiy omillar muhim rol o‘ynaydi; maqollarning universal va milliy-madaniy xususiyatlari aniqlandi.

Download 175.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling