Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
80 
library.ziyonet.uz/ 
 
Zamone boʻldi oʻz holigʻa mashgʻul.  
Tugangan fahm etib umri baqosin,  
Sovugʻ oh urdi yod aylab atosin.  
Anosi ham koʻzi olligʻa keldi,  
Koʻzidin ikki qonligʻ rud ochildi.  
Falak boshigʻa urdi bir katora  
Ki, to koʻksiga boʻldi ikki rora.  
Dedi: «Ne hol erur hayhot-hayhot;  
Netar jonimni olsang, ey ajal, botgʻ!  
Oʻlardin burna yuz oʻlmak nedur bu,  
Boshim yuz tigʻ ila boʻlmak nedur bugʻ  
Kuyuk tangʻa yolin urmoq ne erdi.  
Momugʻ uzra choqin urmoq ne erdigʻ  
Bular fikri ichimdin urmayin bosh,  
Boshim tufroq aro kirgay edi kosh.  
Buzugʻluq, ey falak, koʻrguzdung oxir.  
Buzulgʻon xotirimni buzdung oxir.  
Bu ne insof edi, ey soqiyi dahr,  
Oʻlar chogʻda qadah tutmoq toʻla zahr.  
Oʻluk boshigʻa tigʻ urmoq ne ya’ni,  
Bir-oʻq bas, bedarigʻ urmoq ne ya’nigʻ!»  
Chu bu shoʻrobagʻa yetti nihoyat,  
Dedi achchigʻ-achchigʻ yigʻlab bagʻoyat  
Ki: Ey bodi sabo, tengri uchun qoʻr,  
Yetib Chinu Xito mulkiga yer oʻr!  
Demon, xoqon qoshida bu oʻgʻuldin  
Ki, gʻurbat ichra oʻlgan xasta quldin.  
Quyundek sadqa qil avval oʻzungni,  
Chu boʻlding sadqa, mundoq de soʻzungni.  
Kim, ul ovorai bexonumoning,  
Bagʻir xunobidin bir qatra qoning  
Itib, olamda hirmon birla oʻldi,  
Yuzungni koʻrmay armon birla oʻldi.  
Ne qonlar yuqti bagʻridin yoshigʻa,  
Ne ishlar tushti gardundin boshigʻa.  
Boʻlub afsunu makru, hiylatangez,  
Anga ne zulmlarkim qildi Rarvez.  
Agar tuzluk bila torsa hisobin,  
BErur erdi ming andoqning javobin.  
Va lekin egrilikni aylab oyin,  
Yasab yuz nav’ yolgʻon, oʻylakim chin.  
Birovkim xilqatin qildi qazo rost,  
Qilur bovar, necha soʻz boʻlsa norost.  
Manga ne deyki ul kofir, ne qildi,  
Qazodin erdi qildi, har ne qildi.  
Budur komimkim, Bahromi dilovar  
Ki, bor erdi manga ul yoru yovar.  
Cheriklar jam’ aylab bemadoro,  
Bu yon qilsa azimat oshkoro.  
Qilichi toʻygʻarib Xusravni jondin,  
Tilasa begunah qonimni ondin!  
Eshitgach shoh bu oʻtlugʻ fasona,  
Agar boshidin ursa oʻt zabona.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling