Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 83 library.ziyonet.uz/ Oʻtarda jilvagohing boʻlgʻusidur, Esarda xoki rohing boʻlgʻusidur. Bahoriy ravza sori qilsang ohang, Mening soʻgum uchun toʻk ashki gulrang. Chu sayfiy ravzagʻa (3) mayl aylasang shod, Halokim naxli shoxu bargin et yod. Xazoniy ravzagʻa (4) qilsang xirome, De anda bu sarigʻ yuzdin salome. Shitoyi ravzani (5) qilsang guzargoh, Damim yod aylab, anda chek sovugʻ oh. Yana Moniygʻakim naqqoshi Chindur, Anga kilki qazodin ofarindur. Degaysen ul mahalkim, kilki tahrir, Chekib ul toʻrt qasrim qildi tasvir; Biri Yunongʻa markab surganimni, Qilib razm, ajdaho oʻlturganimni. Ikinchi Ahramangʻa aylabon kin, Jahonni qilgʻonim qon birla rangin. Uchunch Iskandari Rumiy tilismin Ki, ochtim teng qilib yer birla jismin. Boʻlub toʻrtunch Suqrotga raqamkash Ki, gʻori ichra kirdim ajdahovash Ki, to olam binosi boʻldi bunyod, Bu yangligʻ qilmadi ish odamizod. Chekibtur sa’y etib bisyor-bisyor, Yudik boshtin-ayoq zinhor-zinhor. Yugʻondin soʻng soʻyub ayvondin oldik, Haririn suvgʻa yoxud oʻtgʻa soldik. Nechukkim, foniy oʻldi jismu jonim, Jahondin boʻldi Kim nomu nishonim. Ishim gardun kuhan toqidin itsun, Misolim charx avroqidin itsun. Koʻra olmasni bildik yaxshi gar dun, Mening naqshimni devor uzra gardun. Yana Qorangʻa ham mendin salom ayt, Nekim raygʻom qilgʻumdur, tamom ayt! Degil, har toshkim, tesham ushotti, Yigʻib gardun borin boshimgʻa otti. Qachon yogʻdursa gardun yuz tuman tosh, Bular ostida netgay bir sinuq boshgʻ! Falakvash togʻlarkim, yerga soldim, Qazodin borchaning ostigʻa qoldim. Manga boʻldi falak qatl aylagan chogʻ, Uzolgʻon turbatimning toshi bir togʻ. Ul oʻttikim, degaymen koʻhi gʻammen Ki, koʻhi gʻamning ostida adammen. Qayu naqshimki xoro uzra qozding, Boshida ismu alqobimni yozding. Chekib metin xaroshi xora qilgʻil, Otimni men kibi ovora qilgʻil. Chu qoldi toshning ostida zotim, Boʻlur gar boʻlmasa tosh uzra otim. Yana olamda shahru togʻu vodiy, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling