Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 85 library.ziyonet.uz/ Ketur, soqiy, menga bir jomi qotil, Labolab aylabon zahri halohil. Chu tortim ishq aro Farhodvashliq, Qilay ul jom ila Farhodkushliq! L Dahr evi bunyodsizligʻidakim, bir toʻda tufrogʻdurur suv ichinda va charx gunbadi baqosizligʻidakim, bir mutaharrik hubobdurur suv ustida va bu obo va ummahot zodasidinki, inson boʻlgʻay — vafo imkoni yoʻq muqtazosidin Xusrav bila Mihinbonu yarashqoni va qoʻrgʻonda qabalgʻonlarning togʻ va dashtqa butrashqoni va Shirin mizoji Farhod oʻlumidin oʻlum holiga yetgan uchun ani Armaniya togʻining ravonoso fasosi va ruhafzo havosigʻa yiborganlari Jahondin rahrav ersang bogʻla mahmil Ki, osoyish yeri ermas bu manzil. Nedin derlar jahonni rub’i maskun Ki, uch rub’idur oning suvgʻa madfun. Kishi nokom qaygʻu uzra boʻlgʻay Ki, tushgan manzili suv uzra boʻlgʻay. Havodis tundbodi solsa bir mavj Ne tong, suv tutsa ul rub’ uzra ham avjgʻ! Muni ma’man dema, degil xarobe, Muni maskan dema, degil hubobe. Hubob ar suv uza gunbaznishondur, Ruf etkach ul hamondur, suv hamondur. Uyekim bir nafasdin boʻlsa barbod, Ne qoʻysun oqil andogʻ uyga bunyodgʻ! Bu yangligʻ uyda ya’ni tursa boʻlmas Ki, forigʻ anda bir dam ursa boʻlmas. Hubob ermas erur bir toʻda tufroq, Ne boʻlgʻay suv aro tufroq ishi boq! Bu tufroq tegrasida charxi doyir, Nechukkim oshyon davrida toyir. Ajab toyirdurur charxi mutabbaq, Ishi urmoq kabutardek muallaq (1) . Kabutar gar tutar orom oʻlub rom, Anga ne rom boʻlmogʻliq, ne orom. Hamonokim erur sahroyi ohang, Bu ma’nining dalilidur anga rang. Kabutar yoʻq, kabutarxonadur ul, Dema anjumki, sochqon donadur ul. Kabutarbozin ustodi qazo bil, Nekim ul aylasa avlo, rizo bil! Kabutar sayd oʻlur, sayyod erur bu, Dema sayyodkim, jallod erur bu. Hilolu mehr oning tashtu tigʻi, Qilurgʻa qatl yoʻq hayfu darigʻi. Yelidin mohvashlar bagʻri rora, Nechukkim zarra, behaddu shumora. Erur mashhurkim jallodi magʻbun, Chu ming qon toʻksa aylar tigʻ madfun. Bukim ming kimsa har kundur qatili, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling