Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
119 
library.ziyonet.uz/ 
 
ishlarida, siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar 
orasida u Jomnyni oʻziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii 
koʻrsatuvchi eng xa-rakterli momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher 
Navoiyning hayot yoʻli. Q. Uzbek adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ oʻlimidan keyin 
Navoiy uning xotirasiga bagʻishlab maxsus «Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar 
beshligi) asarini yozgan. 
VII 
1. Bu bob sarlavhasidan uning Abdurahmon Jomiy madhiga bagʻishlangani ma’lum boʻladi. 
 
2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tugʻilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni 
Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» boʻlgan. Navoiy u bilan Abdurahmon 
Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she’riyatdagi iqtidori ikki filcha boʻlsa, 
Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning oʻziga teng, deya mubolagʻali 
ta’riflaydi. 
 
3. Naf’yi vujud – tasavvuf istilohi –«oʻzlikni yoʻqotish‖ demakdir. 
 
4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma’nosida. 
 
5. Olami kubro – aynan: ulugʻ olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi 
demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda. 
 
6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib boʻlmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi
qalbi mazmuniga ega. 
 
7. Olami sugʻro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo koʻzda tutiladi. 
 
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga
qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan toʻla nayshakarga oʻxshatadi. Soʻngra uni duo qilib
madhiyalar oʻqiydi. 
VIII 
Bu bobda Navoiy dostonni yozishga nimalar sabab boʻlganini bayon etadi. Uning e’tiroficha, bu 
dostonni yaratish orzusi – tamannosi paydo boʻlgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga 
choʻmadi,. ya’ni koʻp mutolaa qiladi, oʻylaydi. 
 
1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya’ni mayin junli) hayvonning tuki bilan 
chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma’noda 
ishlatadi. 
 
2. Zaruriy boʻldi avzoigʻa tagʻyir – aynan: uning avzoini oʻzgartish zarur boʻldi. Navoiy bu 
misrada oʻz asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tugʻilganini 
bildiradi. 
 
3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – oʻzining muhabbat 
sevgisi boʻlib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda oʻz mahbubasi, u 
tufayli oʻziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi. 
 
4. Baytning mazmuni – shoir koʻngil qoʻygan mahbubasining ovozasi Farang (Yevropa), Xito 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling