Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 101 library.ziyonet.uz/ Qoʻnub suv uzra oʻrdakdek maloyik. Qazo har joʻngni bir yon ushotib Ki, yerdin koʻkka, koʻkdin yerga otib. Bu oshub uzra ba’zikim usholmay, Ichinda kimsa oʻz holigʻa qolmay. Bu yangligʻ erdi daryo iztirobi, Yorilgʻuncha jahongʻa tun niqobi. Chu tun kishtida kun yoshurdi qoqum Kim etti bahr sinjobi talotum7. Su uzra chunki sarsar tutti taskin, Yer uzra bahri axzar torti tamkin. Deyilgan bahr aro har nav’i kema, Ichinda oncha xalqu oncha nima. Koʻri bir-birga tekkandin usholib, Falak avjida suv qa’rida qolib. Xaloyiqdin boʻlub aksar tabohi Ki, har yon birni aylab tu’ma mohi8. Chu kishtilarni gardun rora aylab, Badanlar zavraqin ovora aylab. Oʻnu yuz kemadin gar bir usholmay, Ichinda oʻnu yuzdin biri qolmay. Tushub ba’zigʻakim bir taxta rora, Ani suv mavji solib bir kanora. Vale Xoqonu Mulkoro visoqi Ki, bir joʻng ichra erdi ittifoqi. Nechakim kina qildi charxi zolim, Vale ul joʻng qolmish erdi solim. Ichinda xalq oʻlukdek barcha xomush, Oʻlub ba’ziyu, ba’zidin borib hush. Chiqibon garchi bir daryo kanori, Solib oni qazo Chin mulki sori. Yanalar ham chu yeldin qolmadi biym, Qazodin har biri tushti bir iqlim. Chu Xoqon joʻngi chiqti ul qiroqqa, Xabar boʻldi yaqin birla yiroqqa. Boʻlub ul el chu oʻtkan ishdin ogoh, Chiqorib elni gar dastur, agar shoh. Qilib koʻp sa’ykim ul xayli madhush Ravoyih kasbidin bir-bir topib hush. Boʻlub ham shoh oʻz holidin ogoh, Xaloyiq dogʻi ogoh, oʻylakim shoh. Koʻrub Farhodini chun shoh gʻoyib, Yana yigʻlab tutub boshdin masoyib. Vale gohi berib imkongʻa ham yoʻl Ki, shoyad bir taraf chiqmish ekin ul. Qilib Suqrot axborin dogʻi yod, Vale oʻlmay qutulgʻondin boʻlub shod9. Koʻrub ul umru davlatni gʻanimat, Yana Chin taxtigʻa qildi azimat. Ketur, soqiy, qadahkim notavonmen, Malolat bahrida ozurda jonmen. Qadah kishtisigʻa jonimni xos et, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling