Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 109 library.ziyonet.uz/ Raqam qilgʻonni rashki naqshi Chin deb. Qilib daxl ishta andoq har zamoni Ki, bu ham naqshrardoz onglab oni. Bu yangligʻ muddati yoʻl qildilar tay Ki, Arman kishvarigʻa qoʻydilar ray. Dedi Shorur: «Kel, ey farxunda yovar, Budur sen tushta koʻrgan mulku kishvar. Tamosho aylayu boʻlsun xiroming, Yoʻluqquncha talab qilgʻon maqoming». Chu Farhod etti ul soʻzni taaqqul, Urar erdi qadam aylab taammul; Iki-uch kun chu boʻldi ehtiyoti, Radidor oʻldi bir kun koʻp nishoti Ki, boʻldi ollida bir dasht raydo Ki, aqlin tushta aylab erdi shaydo. Hamul sabza, hamul savsan, hamul gul, Hamul gullarning atrofida bulbul. Yetib taqvo koʻzin tufrogʻi xiyra, Yeli aylab xirad sham’ini tiyra. Koʻrunub qayda boqsa ul balojoʻy, Gulu xoru giyohi oshnoroʻy. Sola boshladi har dam rora koʻngli, Yetib har lahza za’f ovora koʻngli. Balo vodisigʻa solib qadamni, Malolat avjigʻa tortib alamni Dedi Shorurgʻa: «K-ey yori hamdam, Sanga hamdamliq oyini musallam. Hamul vodiyu gardunsoy xoro Ki, koʻrmish erdim oʻldi oshkoro. Yaqinroq manga hamrah boʻlgʻil emdi, Mening holimdin ogah boʻlgʻil emdi». Hamul xayleki gʻavgʻo aylamishlar, Qozargʻa tosh alolo aylamishlar. Tilar ul sori yetgay joni mahjur, Ravon mayl ayladi ul sori Shorur. Yetishtilar ul ikki oshnovash, Anga tegruki ul xayli jafokash Guruhe erdi dardu dogʻ ichinda, Arigʻ qozmoqqa shogʻil togʻ ichinda. Aningdek xorani kesmakda ojiz Ki, koʻrmay kimsa andoq ajz hargiz. Iki yuz xorabur ilgida tesha, Urub ul tesha tosh uzra hamesha. Va lekin oʻyla qattiq erdi xoro Ki, gar yuz tesha tegsa bemadoro. Kesilmay bir naxudcha tosh chogʻliq, Naxudcha demakim, xashxosh chogʻliq (1) . Iki yuz ustod uch yil qilib kin, Zamone tinmayin urmoqta metin. Qozilib ikki-uch yuz qori (2) xora, Qolib oning koʻri ham nimkora. Alar qon yigʻlabon mundogʻ anodin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling