Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
108 
library.ziyonet.uz/ 
 
Meni chun qildi mohi armani zor,  
Chekay bir necha sogʻar armanivor. 
XXX 
Farhodning Shorur dasht raymoligʻi, balki rahnamoligʻi bila Yaman mulkidin Arman kishvarigʻa 
azimat qilgʻoni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin gʻunchadek koʻngli gul-gul 
ochilgʻoni va Armaniya togʻi kamarida xoro qozodurgʻon el ajzin Koʻrub ul kayfiyatin sOʻpub 
xoro qozorgʻa kamar chust etgoni va bu xabarning chustu shirin Mehinbonu bila Shiringa 
yetgoni 
Bu vodiy qat’ida farxunda hodi,  
Aningdek koʻrguzur maqsad savodi  
Ki, chun Farhod ochti uyqudin koʻz,  
Kelib yodigʻa Shorur aytqon soʻz.  
Hamul kogʻazki boʻldi naqshrayvand,  
Chekib tarhi hamul kishvarga monand.  
Hanuz etmay qarongʻu ketmak ohang,  
Havo koʻzlarda erdi surmagi rang.  
QOʻpub Shorurning qoshigʻa bordi,  
Ayogʻin oʻpgali boshigʻa bordi.  
Tovushidin aning uygʻondi Shorur,  
Topib tun zulmatida bul’ajab nur.  
Dedi: «K-ey dard ila ishq ahli shohi,  
Izing xayli muhabbat qiblagohi,  
Bu kelmakdin sanga ne multamasdur,  
gʻaraz xud kecha oʻtgan soʻz emasdurgʻ»  
Chu oʻtkan soʻzni Shorur ayladi yod  
Ayogʻiga aning bosh qoʻydi Farhod  
Ki: «Yey jon maqsadi dilkash rayoming,  
Koʻngul maqsudi ruhafzo kaloming.  
Hamul savdo bila koʻnglumgadur sud,  
Hamul soʻzdur hazin jonimga maqsud.  
Vafo va’danggʻa fosh etmak keraksen,  
Degon soʻz boshigʻa yetmak keraksen.  
Eshitgach oni Shoruri yagona,  
Dedi: «K-ey tal’ating sham’i zamona.  
Sen ersang hamrahim jannat durur yoʻl  
gʻaraz bu ersa, bismillah, ravon boʻl».  
Yetib Shorur yoʻl azmigʻa ohang,  
Aning hamrahligʻin Farhodi diltang.  
Qadamda koʻrguzub ul toza damliq,  
Bu aylab soya yangligʻ hamqadamliq.  
Kesarlar erdi yoʻlni gom-bargom,  
Yurub manzil-bamanzil tutmay orom.  
Boʻlub Farhodgʻa Shorur munis.  
Tutub oning bila sayr ichra majlis.  
Gahe hamrahliq xosiyatidin,  
Gahe hamreshalik jinsiyatidin.  
Gahe ul safhani ilgiga olib,  
Nazar boshtin-ayogʻ tarhigʻa solib.  
Xayoligʻa tuman ming ofarin deb,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling