Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 105 library.ziyonet.uz/ Bu ish ul kema ahlin aylabon lol, Biri xushhol boʻlsa, oʻni behol. Bori boshin qoʻyub qoshigʻa oning, QOʻpubon evrulub boshigʻa oning, Fido aylab anga jonu jahon ham, Nisor aylab qoshida molu jon ham. Aning za’fi edi har dam fuzunroq, Maloli rishtasi haddin uzunroq, Alar diljoʻy oʻlub, lekin bu bedil, Koʻrundi necha kundin soʻngra manzil. Yamanning furzasigʻa (5) qildilar mayl, Sudin tufroqqa chiqtilar bori xayl. Bori ozod oʻlub ming ibtilodin, Dema ming ibtilo, yuz ming balodin. Topib ul shahr aro bir turfa manzil, Ravoni yeshtilar manzilda mahmil. Dame qilmay madoro oshkoro, Boʻlub ollinda oning majlisoro. Qilib raydo keturdilar mayi nob, Yamanda yoʻq aqiq ul nav’i serob. Chu may birla qizishti boshi oning, Surohidek oqib qon yoshi oning. Kelib yodigʻa har dam taxtu johi, Bihishti qasr ila xaylu sirohi. Atou qolmogʻi daryo aro zor, Anou koʻnglida yuz bahri ozor. Oʻziyu bu sifat ovora boʻlmoq, Tuman ming mung aro bechora boʻlmoq. Gahe bekaslik aylab koʻnglini resh, Gahe bemorligʻdin jonida nesh. Gahe joni kuyub shaydoligʻidin, Gahe matlub noraydoligʻidin. Tushub har lahza oʻzga olam ichra, Solib elni gʻamidin motam ichra. Ulus holigʻa chun aylab tafakkur, Biri yigʻlab, biri aylab tahayyur. Kishi holin kamohi fahm qilmay, Oʻzi dogʻi oʻz ahvolini bilmay. Bu xayl ichra bor erdi rahnavarde, Musofirshevai ozoda marde. Hunar bobida ustodi zamona, Zamona ichra naqqoshi yagona. Varaqni kilki aylar chogʻda tasvir, Boʻlub noyibmanobi kilki taqdir. Ne surat yozgʻali topib chu dast ul, Jahonni aylabon suratrarast ul. Jahon mulkin kezib kishvar-bakishvar, Hududi boxtardin to ba xovar. Xito mulkiga ham tushgan guzori, Kelib olligʻa Moniy dastkori. Tilab manshur ul tutmay musallam, Musallam tutmay ul istarda bu ham. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling