Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 113 library.ziyonet.uz/ Inonmas garchi oni koʻrmayin aql. Ketur soqiy, manga ul la’li rangin Ki, tushti gʻam yuki koʻnglumga sangin. Aningdek mayki, chun ogʻzimgʻa yetkay, Ichimda dardu gʻam toshin eritkay. XXXI Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmogʻ bila togʻ bagʻrigʻa kov-kov solgʻon sadoni Shirin eshitgoni va quyosh togʻdin tulu’ qilgʻondek ul koʻhi balo sarvaqtigʻa yetgoni va aning metini lam’asining barqi munung xorodek koʻngliga asar etgoni va quyosh tufroqqa nur sochqondek ul xokiyga mehr zohir qilgʻoch, aning tufrogʻdogʻilardek oʻzidin ketgoni va umri quyoshi boshigʻa kelgach aning hayoti sham’i oʻchgʻoniga Shorurning sham’dek kuyub yigʻlab boshigʻa oʻt chiqorgʻoni va oʻlukni mahdgʻa solgʻondek ul quyosh oni tufrogʻdin koʻtarib bihisht oso manziligʻa olib borgʻoni Xabar berguchi sarrofi guharrosh, Bu yangligʻ ayladi naqdi xabar fosh Ki, chun ul xaylni hayrat qilib dang, Qilibon Armaniya sori ohang. Boqib Farhodning kesgan toshigʻa, Xabar yetkurdilar Bonu qoshigʻa Ki, mundogʻ navjavone boʻldi raydo Ki, boʻldi koʻrmokidin xalq shaydo. Bu yangligʻ xora kesmak qildi bunyod Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod. Jahon ahlidek ermas vaz’u tavri, Bir andoq koʻrmagan aflok davri. Malakvash odamidur koʻhmonand, Kesakdur teshasigʻa koʻhrarkand. Nekim koʻrganni kelganlar yako-yak, Turub arz ettilar beshubhau shak. Mihinbonu eshitgach hayrat etti, Inonmay bir zamone fikrat etti. Xabargʻa chun ayon boʻldi tavotur, Ishondi, lek oni eltib tahayyur. QOʻpub gulrux harimin qildi ma’vo. Nechukkim ravzai jannatni Havvo (1) . Dedi: «K-ey bogʻi umrum sarvi nozi, Harimi xilvatim sham’i Tirozi. Koʻngul mehri uzoring birla xursand, Soching har torigʻa jon rishtasi band. Eshitkim, turfa roze kelturubmen, Hadisi dilnavoze kelturubmen. Seni Haq xoʻblardin qildi chun fard, Erur bori ishing oʻzungga darxurd. Arigʻ qozmoqnikim hukm aylamishsen, Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen. Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq, Muningdek ish qilurni bilmamish xalq. Agarchi sa’b edi boshtin-ayogʻi, Qazo sahl etkon ermish oni dogʻi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling