Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
110 
library.ziyonet.uz/ 
 
Vale sarkorlar tinmoy jafodin.  
Nazar qildi chu ul holatgʻa Farhod,  
gʻamin oʻldi Koʻrub ul nav’ bedod.  
Kirib ul xayli mazlum ichra gʻamgin,  
Hiloliy qoshlarigʻa gʻussadin chin.  
Dedi: «K-ey men kibi xayli balokash,  
Falakdin koʻnglungiz mendek mushavvash!  
Bu mehnatkim chekarsiz rozin ayting,  
Hamul anjom ila ogʻozin ayting  
Ki, nevchundur bu ranju ibtilongiz,  
Qachondindur falakdin bu balongizgʻ  
Koʻrub sizni tutun boshimgʻa oshti,  
Tutun nekim, ichimgʻa oʻt tutoshti».  
Koʻrub ul xayl aning farrux jamolin,  
Eshitib boʻyla ruhafzo maqolin.  
Shukuhidin boʻlub hayronliq elga,  
Maqolotida sargardonliq elga.  
Oʻpub yer, dedilar ul xayli gʻamnok  
Ki: Ey Ruhul-amindek
(3)
 gavharing pok.  
Yaqin ermas malaksen yo basharsen,  
Xudo yoringki, bas oliy guharsen.  
Malak xorijda gar koʻrmaydurur biz,  
Seningdek xud bashar koʻrmaydurur biz.  
Vujudung koʻrmasun gʻam ranju tobi,  
Nekim soʻrdung budur oning javobi  
Ki, bu kishvardakim rashki jinondur,  
Bukun ismatranohe hukmrondur  
Ki, Afridun sari borur nasabda,  
Erur Jamsheddin ortuq hasabda.  
Agarchi soya solmas boshigʻa toj,  
Va lekin tojvarlardin olur boj.  
Belin garchi kamar tormay kamohi,  
Vale zarrin kamarlardur sirohi.  
Bu yangligʻdurki fahm etting sifotin,  
Mihinbonu debon davr ahli otin.  
Bu kishvar ichra oʻttuz-qirq qoʻrgʻon,  
Bori koʻk hisnidin
(4)
 burjin oshurgʻon.  
Aning hukmidadur bemehnatu ranj,  
Toʻlo har yerda Qorun ganjidek ganj.  
Tajammul xaylida imkondin ortuq,  
Necha yil fikrat etsa ondin ortuq.  
Jahondin xotiri ozodasi bor  
Ki, bir gulchehra xoharzoda
(5)
si bor.  
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,  
Sirehri ismat uzra moh ul ermish.  
Ani ham vasf etardin bahramiz yoʻq,  
Otin dogʻi tutargʻa zahramiz yoʻq.  
Yuzin koʻrmaydur oning odamizod,  
Magar bir necha gulrux sarvi ozod.  
Kim oni koʻrsa gashtu sayr koʻrmas,  
Ani koʻrgan kishini gʻayr koʻrmas.  
Yuzi gul, kirpigi derlar tikandur,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling