Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (I- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (I- qism)
Alisher Navoiy 106 library.ziyonet.uz/ Qalam ahligʻa oning tarhi dastur, Jahon ahli debon otini Shorur. Sayohatda qazoi osmoni Bulargʻa hamrah aylab erdi oni. Base hayron edi Farhod ishida Ki, koʻrmaydur edi tavrin kishida. Ne ish ul qilsa aylar erdi ta’miq. Qila olmas edi holini tahqiq. Tengizda dogʻi ul razmigʻa hayron, Qurugʻluq ichra bu bazmigʻa hayron. Bu damkim koʻrdi oning holi zorin, Sirishku nolai beixtiyorin. Tafarrus birla torti fikratandesh Ki, koʻnglin ishq tigʻi aylamish resh. Qilay der erdi har soʻzdin mudovo, Anga Farhod qilmas erdi rarvo. Jihatsiz kuymagiga soldi chun koʻz, Sola boshladi dardi ishqdin soʻz. Necha ishq oʻtidin qilsa hikoyat, Anga aylar edi koʻrroq siroyat. Bilib soʻzin xiradmandi yagona, Der erdi ishqdin oʻtlugʻ fasona. Dame ul yigʻlamoqdin tutmay orom, Ani bu nav’ oʻziga ayladi rom. Guzin Farhodgʻa bexavfu kulfat Boʻlub Shorur ila ul nav’i ulfat Ki, onsiz birdam oʻlgʻoch istab oni, SOʻpub dardu muhabbat dostoni. Bu taqrir aylabu ul yigʻlabon zor, Chu taqrir aylamay koʻp topib ozor. Bu yangligʻ chunki hamdam torti oʻzni, Rafiqu yoru mahram topti oʻzni. SOʻpub holin harifi chobuk andin, Chekib sirrini nozuk-nozuk andin. Chu bebok erdi ishqu boda gʻammoz, Ochib ul mast oshiq rardai roz. Nekim Shorur soʻz soʻrsa nihoni, Nihoni aylar erdi voqif oni. Tora boshladi soyil chun javobin, Savoli yuzidin ochti niqobin. Dedi: «Avval najodu gavharing de, Yana holingni aytu kishvaring de». Dedi Farhod: «Qoʻy kishvar hadisin, Unutqil asl ila gavhar hadisin. Manga ul nuktadin behbud yoʻqtur, Eshitmaktin sanga ham sud yoʻqtur. Vale soʻrdung chu holimdin fasona, Sanga bir mujmale aytay nishona». Muni ham urdi na’li bozguna, Ishidin boʻyla koʻrguzdi namuna Ki, men dilxastai zoru balokash, Burun el yangligʻ erdim shodu dilxush. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling