Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
102 
library.ziyonet.uz/ 
 
Meni bu gʻussa bahridin xalos et. 
XXIX 
Farhodning sinuq zavraq jismi zavraq sinuqida qolib ani daryo mavji Yaman mulki sari solib 
Yaman
(1)
 ahli kemasiga uchragʻoni va ul kema tojirlari aningdek durri garonmoya torqonlaridin 
sevunub ul bu minnat adosidin gʻamgʻa qolgʻoni, dogʻi jazoyir haromilari ul kema qasdin qilib 
tujjor qurugʻ yerdagi baligʻdek iztirobqa tushub, Farhod alarni nahang baliq xaylini 
qochurgʻondek biror shast kushodi bila qochurgʻoni va suvda alarning zavraqi hayotiga oʻt 
urgʻoni va Yaman bahridin kanora tutqoni va Suhayldek Yaman ahli koʻzin yorutqoni va 
Shorur
(2)
 anga daryoda oshno boʻlub, aning safhai zamiri nuqushin fahm qilgʻoni 
Kishikim ayladi bu bahr gashtin,  
Bu yangligʻ dedi daryo sarguzashtin  
Kim, ul holatdakim chayqoldi daryo,  
Sirohi mavjidin qoʻzgʻoldi daryo.  
Hamul zavraqki pokib erdi Farhod,  
Sinib koʻk bahridin yetganda bedod.  
Boʻlub gʻarqa muhiti bekarongʻa,  
Qolib bir taxta ul bexonumongʻa.  
Oʻzin ul taxta uzra mahkam aylab,  
Vido’ oʻz jismu jonidin ham aylab.  
Nechukkim taxta jismi notavoni,  
Yetib ogʻzigʻa har dam xasta joni.  
Koʻrub ul shoʻr bahri bekarondin,  
Ilik yub har nafas yuz qatla jondin.  
Chu gardun shom kishtisin ushotti,  
Falak bahrigʻa anjum durri botti.  
Tamavvuj yigʻdi daryo yuzidin dom,  
Talotum qushlarigʻa boʻldi orom.  
Tushub ul taxta sayrining guzori,  
Yaman mulkiyu Toyif
(3)
 haddi sori.  
Boʻlub Farhodgʻa ul taxta maskan,  
Nechukkim jongʻa boʻlgʻay taxtai tan.  
Vale jismida jonidin ramaq yoʻq,  
Tanida ruh harfidin nasaq yoʻq.  
Muningdek hol aro bir tez kishti  
Yaman azmigʻa daryodin yetishti.  
Ichinda necha daryomoya tojir,  
Guhar savdosigʻa boʻlgʻon musofir.  
Chu koʻrdilar kelur bir taxta rora,  
Aning ustida shaxse oshkora.  
Solib malloh yetkurdilar oni,  
Kema yonigʻa kelturdilar oni.  
Ne koʻrdilarki yotur navjavone,  
Havodis zarbasidin notavone.  
Boʻlub hush anga zoyil ichkulukdek,  
Yotib ul taxta ustida oʻlukdek.  
Chu koʻp qildilar ahvoligʻa tadqiq,  
Nafas ogʻzigʻa kelmak boʻldi tahqiq.  
Hayoti aylabon ul elni xurram,  
Ani kishtiga chektilar hamul dam.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling