Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
104 
library.ziyonet.uz/ 
 
Demay molu hayotu jondin afsus,  
Va lekin borcha aytib ondin afsus.  
Qolib hayron alardin soʻrdi Farhod  
Ki, nevchun boʻldingiz mahzunu noshodgʻ»  
Dedilar yigʻlabonkim: «He soʻrarsen,  
Bu zavraqlarki bahr uzra koʻrarsen.  
Qaroqchilar durur ahli jazoyir,  
Boʻlurlar bekaron bahr ichra soyir.  
Agar yolgʻuz, agar ikki, agar uch,  
Kema yoʻluqsa har yon kelturur kuch.  
Otarlar kemaga qorurai naft  
Ki, har qoruradur bir koʻrai naft
(4)
.  
Urub oʻt kemani chin kuydururlar,  
Tamomi kema ahlin oʻltururlar.  
Qilurlar xalq molin nahbu gʻorat,  
Alargʻa bahr uza budur tijorat.  
Bizing emin yoʻl oʻzga sori qolmish,  
Bu sori bizni daryo mavji solmish.  
Ne elga yetsa bu majma’ navidi,  
Ketar ul xayldin maxlas umidi».  
Chu fahm etti bu ish farzona Farhod,  
Alargʻa koʻp koʻngul berdi boʻlub shod.  
Dedi: «Qaygʻurmangizkim bermagay Haq,  
Alardin hech ofat sizga mutlaq.  
Sizing xayl ichra bormu erkin oyo,  
Necha oʻq birla koʻrrak zoʻrluq yo».  
Chekib borisi hayrat birla hayhot,  
Vale ne istadi — kelturdilar bot.  
Aning zoʻrigʻa garchi yo yoʻq erdi,  
Hamul yo loyiqi dogʻi oʻq erdi.  
Yasab yo goʻshasin, oʻqni tuz aylab,  
Ul ishning irtikobin yolgʻuz aylab.  
Tuzotguncha oʻqu yoyin dilovar,  
Yetishti har yon ul xayli jafogar.  
Yasab qoruralar oʻt yogʻdururgʻa,  
Kemavu kema xalqin yondururgʻa.  
Yetib ul yergakim qorura yetmas,  
Dema qorura, oʻq ham oncha ketmas.  
Qilib qoruraafkanni nishona,  
Aningdek otti Farhodi yagona  
Ki, urdi naftliq qorurani-oʻq,  
Ushotti ul yolinliq koʻrani oʻq.  
Tushub oʻt, oʻrtonib qoruraandoz,  
Hamul zavraqqa ul xayli dagʻoboz.  
Yana bir ham otorgʻa chun yovushti,  
Anga dogʻi bu yangligʻ shu’la tushti.  
Chu ikki kema xayli kuydilar pok,  
Yuz urdi qochqoli ul xayli bebok.  
Kema boshini qaytorgʻuncha nokom,  
Oʻn-oʻn beshning ishin qildi saranjom.  
Alardin ba’zi kuydi, ba’zi oʻldi,  
Nekim qolgʻon qochib ovora boʻldi.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling