Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 7 library.ziyonet.uz/ Yasagay bogʻu boʻston anda har xayl. Nekim xoro chorar ish torqach itmom. Su boshigʻa urub xorofikan gom Ki, suvni bogʻlagʻay ul nahr ichiga, Alolo tushti mulku shahr ichiga. Aningdek togʻ sori tuttilar yoʻl Ki, igna solsa yerga tushmagay ul. Tamoshogʻa qoʻyub el ul sifat yuz Ki, kasratdin koʻrunmay togʻ ila tuz. Yaqo birla yurub Farhodi mahjur, Yonida gom urub bechora Shorur. Xirom aylab hunarmandi yagona, Koʻzidin yosh oʻlub turmay ravona. Tushub dilbar xayoli joni ichra, Solib oʻt xotiri vayroni ichra. Suyin turgʻuzmayin koʻzida qaygʻu, Arigʻ novigʻa oqib ashkidin suv. Bu qaygʻu eltibon oni oʻzidin, Oqib bechoraliq ashki koʻzidin Ki, mundoqkim el oʻlmish dashtraymoy, Tamosho qilgʻali kelgaymu ul oygʻ Agar kelsa meni bemor oʻlarmen, Vagar ham kelmas oʻlsa, zor oʻlarmen! Ani bu fikr andoq aylabon lol Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol. Mihinbonu aning keynicha pokib, Surub atboi beroyon mavokib. Tajammul onchakim, el fahmi yetmay, Takalluf onchakim, el bovar etmay. Aning har gomigʻa aylab nisori, Sochib boshigʻa naqdi beshumori. Sinuq boshigʻa boʻlmoq la’lu durrosh, Koʻrunub bahr aro yoqqon kibi tosh. Surub olligʻa gardunvash mavokib, Bori sur’atda andoqkim kavokib Ki, minmakdin boʻlub oromi oning, Dame tingʻay qoborgʻon gomi oning. Oʻpub ul bodrolarning ayogʻin, Tushub yoʻlgʻa tutub ikki qulogʻin. Ulus holigʻa oning zor yigʻlab, Qilib dardi koʻngulga kor yigʻlab. Qoʻyub ul gomu el keynicha anbuh, Qayu anbuh, balkim koʻh to koʻh. Qayon ul ketti el keynicha ketti, Bu holat birla suv boshigʻa yetti. Zamone tinmogʻin qildi bahona Ki, yetgaymu ul oshubi zamonagʻ Koʻzida suv va lekin jonida oʻrt, Boʻlub har sori boqmoqdin koʻzi toʻrt. Ketur, soqiy, mayu, daf’ et xumorim Ki, oʻlturdi xumori intizorim. Xumori hajr bas muhlik balodur, Anga yo vasl yoxud may davodur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling