Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 35 library.ziyonet.uz/ Buzurg Ummid birla koʻp qilib fikr Ki, shoyad ishga nav’i chora boʻlgʻay Ki, Farhod oʻrtadin ovora boʻlgʻay Ki, andin boʻlmasa xotir haroson, Boʻlur qoʻrgʻonni olmoq ul dam oson. Aning har bir ishin kim el qilib fosh, Taajjub yo gʻazabdin irgʻotib bosh. Ham oxir boʻldi raydo naqshboze, Ne mushkil hiyla boʻlsa chorasoze. Qachonkim zohir aylab makru talbis, Boʻlub bir fahmi yoʻq shogirdi iblis. Anga shah zohir etti muddaosin Ki, istarbiz bu majnun ibtilosin. Agar sen aylasang bu ishga chora, BErurmen naqd behaddu shumora. Fusunrardoz mundogʻ surdi guftor Ki, oni makr ila aylay giriftor. Aningdekkim, dimogʻidin ketib hush, Oʻluk yangligʻ yiqilsun yerga madhush. Vale kelturmagiga chora bilmon, Bu ajzimdin bu ishga bora bilmon. Dedi Xusrav: «Sen etsang oni behush, Kamingahda qoʻyay men yuz zirihroʻsh Ki, chorqoylar kamindin boʻlgʻach ogoh, Keturgaylar ani andoqki dilxoh». Chu mundoq va’da qildi shohi gʻaddor, Oʻpub yer tebradi Kimrohi makkor. Yasab oʻzni takalluf birla mahzun, Jununsiz, lek shakli misli majnun. Hamul vodida bir gul uzdi xushboʻ, Serib bargi aro behushdoru. Ravon Farhod sori urdi gomin, Yasab devonalar yangligʻ xiromin. Chekib ul nav’ ohi oshiqona, Degaysen, urdi oʻt andin zabona. Chu Farhod ul surudi dard eshitti, Qaroru hushi ketti, sabri itti. Boqib chun koʻrdi qaddin oʻylakim yoy, Degaysen, koʻrdi devona yangi oy. Yetib jonigʻa koʻngli iztirobi, Urub koʻngligʻa oʻt joni xarobi. Dedi: «K-ey dard oʻtidin shu’laangez, Daming qilgʻon oʻtumning shu’lasin tez. Ne holing boru qaysi koʻydinsen, Bu yangligʻ telba, ne mahroʻydin sengʻ Manga gʻam tigʻin urdi ishqi bebok, Sening koʻksung nedin bu nav’ erur chokgʻ Manga gardundin oʻldi zulmu bedod, Nedin sen tortasen afgʻonu faryodgʻ Manga hajr oʻtin etmish baxt roʻzi, Sanga muncha nedindur hajr soʻzigʻ Mening jismim qilib ishq oʻti nobud, Sening ohing nechun zohir qilur dudgʻ» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling