Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
36 
library.ziyonet.uz/ 
 
Chu torti hiylagar bu nav’ bozor,  
Yana izhor aylab ranju ozor.  
Dedi: «K-ey ishq elining rodshohi,  
Boʻlub bul xayl ayogʻing xokirohi.  
Meni mahzun falon iqlimdinmen  
Ki, forigʻ har umidu biymdinmen.  
Meni yuz ranj ila Haqning rizosi,  
Yana garduni gardon iqtizosi.  
Bu kishvar jonibi ovora qildi,  
Birov ishqi bila bechora qildi.  
Koʻrar erdim gahi ul dilraboni,  
Yiroqtin oshkora, gah nihoni.  
Necha hajrida zoru gʻamkash erdim,  
Yiroqtin koʻrmaki birla xush erdim.  
Bukun Xusravki Haq bersun jazosin,  
Bu kishvardin yiroq solsun balosin.  
Kelib bu shahr boʻldi qal’abandon,  
Kirib qoʻrgʻongʻa ul gulbargi xandon.  
Meni majnun biyobon ichra qoldim,  
Balovu dardi hijron ichra qoldim.  
Erurmen chun gʻarib, el tonimaslar,  
Manga ham oshnovu yor emaslar.  
Chu borsam qal’a sori zulm etib fosh,  
Boshimgʻa yogʻdururlar oʻq bilan tosh.  
Eshik ochilmadi chun ul talabdin,  
Yaqin erdiki oʻlgaymen taabdin.  
Chu dardim sa’bu hamdardim yoʻq erdi,  
Juz ohi dardrarvardim yoʻq erdi.  
Senikim ishq dashti rahravisen,  
Mazallat kishvarining xusravisen.  
Eshittim bu qayo uzra vatangoh,  
Tutubsen ul sifatkim taxt uza shoh.  
Kelibmenkim sanga holim degaymen,  
Ulus fahm etmas ahvolim degaymen.  
Chekib ishq ilgidin har lahza faryod,  
Degaymen hajr elidin har nafas dod!  
Degaymen ishq oʻtigʻa xasligʻimni,  
gʻaribu oshiqu bekasligʻimni».  
Chu Farhod oncha ohu dardi jonsoʻz,  
Koʻribkim, zohir etti ul siyahroʻz.  
Anga xud muncha hojat ermas erdi,  
Degan yuz ming fusundin bir bas erdi.  
Damidin shu’lalar gardungʻa bordi,  
Koʻzidin sellari homungʻa bordi.  
Fusungar sharh qilgʻondek malolin,  
Mushobih torti oʻz oshufta holin.  
Chekib huy oncha shoʻru shayn qildi  
Ki, gʻamkash jismi za’f aylab yiqildi.  
Yugurdi hiylagar devonalardek,  
Yiqilgʻon sham’ uza rarvonalardek.  
Chu koʻrdi xastani beholu xomush,  
Dimogʻiga aning kelturgali hush.  
Gulekim sermish erdi noʻshdoru,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling